HOJI EShON BOBO JOMʼE MASJIDI QURILIShI JADAL SURʼATDA DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda fuqarolarning oʻz diniy eʼtiqodlarini emin-erkin ifoda etishlari, ibodatlarini mukammal takomiliga yetkazishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar nafaqat diniy bagʻrikenglikning, balki oʻzaro mehr-oqibat, saxovatpeshalikning ham yaqqol koʻrinishi sifatida namoyon boʻlmoqda. Buni soʻnggi yillarda mamlakatimizning turli hududlarida yangidan barpo etilayotgan sharqona uslubdagi muhtasham masjidlar, qayta taʼmirlanib, koʻrkam qiyofa kasb etayotgan muqaddas qadamjolar, obod manzilga aylantirilgan ulugʻ muhaddislar maqbaralari misolida kuzatish mumkin.
Amudaryo tumanida ham xalqimizning oʻz islomiy eʼtiqodlarini diniy ahkomlarga mutanosib sharoitlarda namoyon etishlarini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli Yusuf Eshon bobo, Yoqub Eshon bobo, Bobo Rustam kabi jomʼe masjidlari saxovatpesha yurtdoshlarimiz, qolaversa, tumanimiz masʼullarining begʻaraz yordamlari bilan sharqona uslubda qayta taʼmirlanib, mazkur masjidlarning jamoatlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Shunisi quvonchliki, joriy yilning 24-iyul sanasida tumanimizning musulmonlar jamoati uchun yana bir ezgu ishga qoʻl urildi. Amudaryo ustiga qurilayotgan yangi temir yoʻl va avtomobil yoʻllari qoʻshma koʻprigi yaqinida Hoji Eshon bobo jomʼe masjidining zamon va islomiy talablarga javob beradigan yangi binosi qurilishiga ilk tamal toshi qoʻyildi.
Ushbu qurilishining boshlanishi nafaqat Qipchoq shaharchasi va shaharcha atrofidagi ovul va mahallalar aholisi, balki butun tumanimiz xalqiga cheksiz quvonch bagʻishladi.
Amudaryo tuman hokimligi, saxovatpesha homiylarning qoʻllab-quvvatlovi bilan boshlangan mazkur masjid qurilishiga 3,5 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Yangidan bunyod etilayotgan masjidning tarhi namozxonlar uchun barcha qulayliklar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Unga koʻra, asosiy ibodat ayvonidan tashqari, xonaqoh, ziyoratchilar dam olishi uchun xizmat qiluvchi xonalar, oshxona, tahoratxona, masjid hovlisida yashil hududlarni barpo etish rejalashtirilgan.
Masjid qurilishi uchun ramziy qoziq qoqish marosimi oʻtkazilganiga atigi bir hafta boʻlsa-da ayni paytda yangi masjid binosining qurilishi jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda. 50 nafarga yaqin asosiy quruvchi-ustalardan tashqari, koʻngilli hasharchilarning saʼy-harakatlari bilan bugungi kunda bu hudud oʻzaro mehr-oqibatli, saxovatli, fidoyi insonlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirgan katta bunyodkorlik maydoniga aylangan.
Quruvchi-ustalarning va hasharchilarning shahdlari baland. Kun sayin, hatto soat sayin safi oshib borayotgan koʻngilli hasharchilar va saxovatpesha insonlar koʻmagi bilan masjid qurilishini 2021-yilning kech kuzigacha yakunlashni niyat qilgan quruvchilarga hudud aholisi tomonidan xayr-ehson dasturxonlari yozilmoqda.
Xalqimizda ezgu ish – elni birlashtirar, degan zamonlar sinovidan oʻtgan ibora bor. Haqiqatan ham islom olamining yetuk namoyondalaridan biri boʻlgan Hoji Eshon bobo yashab oʻtgan va ruhi mangu qoʻnim topgan bu muqaddas maskanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tumanimizda ziyorat turizmini rivojlantirish, shu bilan birga ajdodlar xotirasiga hurmat va eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Shu oʻrinda sahovatpesha yurtdoshlarimizni maschid qurilishi uchun xayriya qilishga chaqiramiz:
Uzcard:
8600 0423 5608 8657
Xabibullayev Gʻofirjon Kenjaboy oʻgli
Viza:
4187 8000 0052 4777
Sberbank orqali Agrobankga.
Habibullayev Rajabboy Kenjaboy oʻgʻli
Bank orqali:
h/p: 20212000400417104002
MFO: 00619
STIR: 202614462
Mangʻit.sh. Agro bank.
Admin: @rojabboy
Murojaat uchun tel.:
+99894 454 55 86.
+99833 354 55 86.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶