Ğöza dalalarida hosil töplaş oyligi davom etmoqda
Joriy yilgi mavsum ob-havo ança özgaruvçanligi va oqar suv tanqisligi bilan keçayotgani tufayli paxtakor dehqonlar uşbu murakkab şaroitda ham möl va sifatli hosil yetiştiriş uçun mavjud vaziyatdan kelib çiqib iş yuritmoqdalar. Paxtaçilikka, ayniqsa, paxta uruğçiligiga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklarida agrotexnika tadbirlarini öz vaqtida bajariş, mavjud resurslar, mineral va mahalliy öğitlar hamda suvdan unumli foydalaniş evaziga dalalarda möl hosil töplaşga erişilmoqda.
Tumanimizning Namuna mahallasi hududidagi «Sobir Eşçan» fermer xöjaligida asosan uruğlik paxta yetiştiriladi. Xöjalikning umumiy yer maydoni 206 gektardan iborat bölib, şundan 161 gektari ekişlik maydoni hisoblanadi.
Joriy yilda xöjalik dehqonlari 80 gektar yerga ğözaning serhosil «Sulton» navini ekişdi. Möljal – gektaridan 40 tsentnerdan, jami 320 tonna hosil oliş. Şundan 128 tonnasi uruğlik çigit uçun saralab terib olinişi közda tutilgan.
Deyarli har yili paxta va boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan möl va sifatli hosil yetiştirib kelayotgan fermer xöjaligi dehqonlari bu yilgi ekiş-tikiş mavsumi yumuşlarini ham agrotexnika qoidalariga muvofiq ravişda taşkil etdilar.
Avvalo, xöjalik dalalarida çigit töliq unib çiqişiga eʼtibor qaratildi. 80 gektar yer 80 nafar ijaraçiga teng taqsimlab berildi. Çigit unib çiqqandan söng, dalalarning tuproq şaroiti va ğöza navining xususiyatlariga muvofiq ravişda yaganalaş işlari olib borildi.
Yaʼni, qatorlar orasi 60 sm.da ekilgani uçun fermer xöjaligining tuproq unumdorligi yuqori bölgan dalalarida bir metrda 5-6 tup, örtaça va undan past unumdor yerlarda 6-7 va 7-8 tup ğöza niholi olişga erişildi.
Bundan taşqari, ğözani oziqlantirişda öğitni tuproq qatlamiga çuqurroq berişga, qolaversa, nihollarning yaxşi ösib-rivojlanişini taʼminlaş maqsadida nihollarni qöşimça ravişda oziqlantirişga alohida eʼtibor qaratilib, ğöza nihollarining bargi va poyasidan oziqlanişi uçun suspenziya sepildi.
Zararkunanda haşoratlarga qarşi olib borilgan kuraş çoralari, ğöza qator oralariga işlov beriş, çilpiş kabi agrotexnik tadbirlar öz vaqtida amalga oşirilgani bois, ayni paytda fermer xöjaligi dalalarida möl hosil töplandi. Har bir tup ğözada kamida 20-30 ta böliq kösaklar, yana qöşimça hosil nişonalari borligining özi xöjalik dehqonlarining fidoyilik bilan mehnat qilişayotganidan dalolatdir.
Albatta, paxtaçilikda közlangan natijalarga erişişda texnika – dehqonning qöl-qanotidir. Fermer xöjaligi raisi Xudoybergan Sobirovning işning közini bilganligi, qişloq xöjaligi sohasi yangiliklaridan doimiy xabardor bölib turişi bois, xöjalikning moddiy-texnik bazasi mustahkam. 2 ta çopiq traktorlari, 1 dona yer haydovçi traktor, kombayn va ekskavator dehqonlarning oğirini yengil, muşkulini oson qilişga hamişa şay. Şuning uçun ham fermer xöjaligida ğalla örim-yiğimi va ipak qurti boqiş mavsumlarida umuman muammo bölmaydi.
Ayni kunlarda fermer xöjaligi dalalarida ğöza parvarişi bilan boğliq, sönggi agrotexnik tadbirlar, yaʼni ğözaga şarbat suvi beriş, qonib suv içgan ğöza maydonlarini begona ötlardan tozalab, yiğim-terim mavsumiga tayyorlaş kabi işlar davom ettirilmoqda.
R.YÖLDOŞEVA, M.ŞOMURODOV surat-lahvasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶