ELEKTR TAʼMINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILIB, AHOLIGA QULAYLIK YaRATILMOQDA
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari yetkazib berilgan elektr energiyasini isteʼmolçilarga taqsimlab beradi. Şu kunlarda mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq harorat tufayli elektr energiyasidan foydalaniş ham keskin ortib, elektr energiyasi taqsimotida muammolar yuzaga kelmoqda.
Aholi xonadonlari, taşkilot va muassasalarda qöşimça sovutiş uskunalaridan foydalaniş hamda qişloq xöjaligi ekin maydonlarini suğoriş nasoslari töla quvvatda işlayotganligi, elektr energiyaga bölgan talab keskin oşib ketişi hisobiga, elektr energiya işlab çiqarişda quvvat va elektr energiya tanqisligi yuzaga kelmoqda. Bu esa tizim faoliyatini kunu tun taşkil etiş, avariyalar va nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körişga undamoqda.
Amudaryo tumanidagi Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ham bu borada tegişli işlar amalga oşirilmoqda. Soha vakillari kuzatilayotgan nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş, elektr tarmoqlarida belgilangan reja asosida modernizatsiya va rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş orqali aholi turmuş farovonligini oşirişga öz hissalarini qöşmoqda.
Mazkur yilda, ayniqsa, “Obod qişloq” dasturiga kiritilgan Xitoy ovuli va Jumurtov şaharçalarida aholiga qulaylik yaratiş, elektr taʼminotini yaxşilaş maqsadida qator işlar amalga oşirildi. Bugungi kungaça Xitoy ovuliga 1 dona yangidan transformator punkti örnatildi. Şuningdek, kuçlanişi 0,4 kilovolt 3,2 km. havo elektr uzatiş tarmoği tortilib, yangidan 70 dona temir-beton ustunlar örnatiş işlari bajarildi. Jumurtov şaharçasi hududida ham kuçlanişi 0,4 kilovoltli havo elektr uzatiş tarmoği yangilanib, 1 dona transformator punkti örnatildi. Bundan taşqari, uşbu hududlardagi elektr uzatiş havo tarmoqlarida, mavjud transformator punktlarida joriy taʼmirlaş işlari ham davom ettirilmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman Elektr taʼminoti korxonasi işçi-xodimlari tomonidan boşqa hududlardagi transformator podstantsiyalari taʼmirlanib, eskilari yangi, yuqori kuçlanişli transformatorga almaştirilişi natijasida aholi yaşaş xonadonlari hamda tadbirkorlik subʼektlarining elektr taʼminoti yanada yaxşilanişiga erişildi.
Bundan taşqari, past kuçlanişli elektr uzatiş havo tarmoqlari töliq körikdan ötkazilib, havo tarmoqlarini daraxt şoxlaridan tozalaş, simlarni tortiş, nosoz holatga kelib kolgan qurilmalarni yangisiga almaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Şuningdek, tuman hududidagi yer ostidan ötgan elektr uzatiş kabel tarmoqlarini taʼmirlaş işlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.
Şu paytga qadar tuman hududida 16 dona transformator punktlari va elektr tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. Undan taşqari, Çordara, Namuna mahallalari, Qipçoq şaharçasida 1 donadan yangi transformator örnatilib, elektr taʼminoti yaxşilandi. Şuningdek, Gulzor mahallasi hududida joylaşgan köp qavatli uylarga ham qöşimça ravişda yangidan transformator örnatib berildi.
Yil oxirigaça yana 19 ta transformator punktlarida mukammal taʼmirlaş işlari olib borilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, Dörman, Qiliçboy va Örtaqalʼa ovullarida hamda Oybek nomli va Beştom mahallalarida qöşimça yangidan transformator punktlari örnatilib, tuman aholisining elektr taʼminoti yaxşilanadi.
Elektr taʼminotining mavsumda barqaror işlaşini taʼminlaş, aholiga qulay şaroit yaratişga qaratilgan bunday saʼy-harakatlar xalq hayoti, turmuş tarzini yaxşilaş, farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶