Amudaryo tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda
Söngi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilib, tadbirkorlar uçun köplab imkoniyatlar yaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga binoan tumanimizda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi taşkil etilib, tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlarini qabul qiliş, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinişini taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan muammoli masalalarni körib çiqiş va mavjud tösiqlarni bartaraf etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
Joriy yilning şu davriga qadar Amudaryo tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida qabulxona faoliyati töğri taşkil etilib, aniqlangan muammolarni tahlil qiliş hamda ularni hal etiş böyiça tizimli işlar qilinmoqda.
Şu maqsadda tumandagi qator muassasalarning vakillaridan iborat işçi guruhi vakolatli organlar vakillari, qabulxona huzurida taşkil etilgan tumandagi faol tadbirkorlar, huquqşunoslar va tadbirkorlarning boşqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi bilan hamkorlikdagi işlar olib borildi.
Xususan, joriy yilning 1-iyul sanasiga qadar qabulxona tomonidan hududlarda 26 ta sayyor qabullar taşkil etildi. Taşkil etilgan sayyor qabullar hamda ötkazilgan suhbatlar davomida tumandagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi tomonidan jami 106 ta masala böyiça 104 ta murojaatlar röyxatga olingan. Röyxatga olingan 104 murojaatlardagi 106 ta masalalardan 62 tasi, yaʼni 58 foizi qanoatlantirilgan, 44 tasiga tuşuntirişlar berilgan.
Mazkur murojaatlarning 53 tasi, yaʼni 50 foizi kredit masalasida, şundan “Har bir oila tadbirkor” dasturi böyiça 41 ta, tadbirkorlik faoliyatiga kredit oliş uçun 12 ta murojaat kelib tuşgan bölib, ularning 34 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasiga tuşuntiriş berilgan.
Amudaryo tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar qabulxona huzuridagi tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi tomonidan muntazam ravişda tahlil qilinib, tumanda kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş borasida amaliy işlar qilinmoqda.
Taʼkidlaş kerakki, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan oğir sinovli kunlarda, yaʼni koronavirus pandemiyasi barça sohalar rivojiga özining zararli taʼsirini ötkazayotgan davrda tadbirkorlik va işbilarmonlik har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda. Oğir epidemiologik şaroitda tadbirkorlar faoliyatlarini davom ettirişlari uçun qator imtiyozlar, imkoniyatlar yaratildi.
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning ösiş nuqtalaridan ekanligini inobatga olgan holda pandemiya şaroitida ham iqtisodiyotning barqaror işlaşiga tadbrikorlar va işbilarmonlar özlarining munosib hissalarini qöşib kelmoqdalar.
Şuningdek, murakkab sinovlarga qaramay, davlatimiz rahbari boşçiligida biznesni qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlar va işbilarmonlar sonini köpaytiriş, yangi iş örinlarini yaratiş uçun tizimli çora-tadbirlar körildi, yetarli resurslar ajratildi, zarur şaroitlar yaratildi.
Joriy yilda ham tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş böyiça yanada keng imkoniyatlar yaratilib, pandemiya davrida muammolarga duç kelgan tadbirkorlarning öz faoliyatlarini tiklab olişlari uçun ularga kömak beriş izçil davom ettirilmoqda.
M.Urazbayev, Tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶