Amudaryo tumanida ovqatdan zaharlanişning oldini oliş böyiça tarğibot işlari kuçaytirilmoqda
Yurtimizda bozorlar, savdo majmualarida turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini savdo qilinişiga guvoh bölamiz. Savdoga çiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini barçasini ham xavfsizligi kafolatlangan deb, bölmaydi.
Ayrim fuqorolar sifati va xavfsizligi kafolotlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilanmagan joylarda, bozorlarda aholiga sotiş orqali tirikçilik qilişga harakat qiladi. Ayniqsa xonadon şaroitida turli xil konservalarni tayyorlab, savdoga olib çiqadilar. Bunday konserva mahsulotlarini isteʼmol qiliş oqibatida aholi örtasida ovqatdan zaharlaniş – botulizm kasalligi uçrab turadi.
Buning sababi oddiy – uy şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlaşda zarur texnologik jarayonlarga hamda sanitariya meʼyorlariga töla rioya qilinmaydi. Natijada konservaga tuşgan botulizm sporalari tez rivojlanadi va zaharli toksinlar çiqaradi. Botulizm-ötkir yuqumli ovqatdan zaharlaniş kasalligi bölib oşqozon-içak, markaziy nerv sisitemasi, yurak qon tomir sistemasini zararlaydi. Botulizm kasalligi-uy şaroitida tayyorlangan pomidor, bodring va boşqa konserva oziq ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiliş natijasida yuzaga keladi.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tegişli davlat va jamoat tuzilmalari vakillari bilan hamkorlikda bozorlarda, savdo majmualarida, belgilanmagan joylarda uy şaroitida tayorlangan konserva mahsulotlari sotilişining oldini oliş va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaş maqsadida, muntazam reydlar ötkazib kelişmoqda. Taʼlim-tarbiya muassasalarida va jamoat joylarida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlaniş şaxobçalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga töliq rioya etilişini taʼminlaş doimiy eʼtiborda.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi hodimlari tomonidan tumanimiz hududida joylaşgan markaziy dehqon bozorlari, umumiy ovqatlaniş, savdo şaxobçalari, maktabgaça taʼlim muassasalarida profilaktik tadbirlar ötkazmoqda.
Ötkazilgan tadbirlar davomida işçi guruh tomonidan uy şarotida tayyorlanib, yelim idişlarda (baklaşka) saqlanayotgan konserva mahsulotlari sotilişining oldini oliş maqsadida bunday mahsulotlarni sotuvçilar ogohlantirilmoqda. Şuningdek, bozorlar masʼul hodimlariga kelgusida sifat sertifikati bölmagan va uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini sotilişini oldini oliş böyiça körsatmalar berilmoqda.
Botulizm sporalari bilan zararlangan konserva mahsulotlarining taşqi körinişi va taʼmida deyarli özgariş kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda şişa idişning tunuka qopqoği şişadi. Bunday mahsulotni isteʼmol qilgan odamda zaharlaniş belgilari paydo böliş jarayoni ikki soatdan sakkiz-ön kungaça çöziladi. Holsizlik, köngil aynişi, qayt qiliş, qorin sohasida oğriq paydo bölişi, jismlar köziga ikkita bölib körinişi, yutiş va gapiriş qobiliyatini pasayişi, böyin va oyoq muşaklari zaiflaşişi kasallikning klinik belgilaridir. Kasallikni xonadon şaroitida öz bilganiça davolaş qatʼiyan man etiladi. Bunday vaziyatda zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş kerak. Aks holda, kasallikning oğir holati röy berişi mumkin.
Aholi örtasida ovqatdan zaharlaniş hamda botulizm kasalliklari bilan boğliq vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶