YoZ MAVSUMIDAGI KOʻNGILSIZ HODISALARDAN EHTIYoT BOʻLING!
Yoz mavsumining issiq kunlarida nafaqat bolalar, balki kattalar ham choʻmilib, yuqori haroratdan saqlanish, zavq olish uchun suv havzalariga shoshadi. Bunday kunlarda har bir hududdagi mavjud ochiq va yopiq suv havzalari, daryo va kanallar, koʻllar choʻmilishga kelgan turli yoshdagi fuqarolar bilan toʻlib-toshadi. Ammo tabiatdan bahra olish paytida ham ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak. Agar tartib-qoidaga amal qilinmasa, turli noxush holatlar kelib chiqishi mumkin.
Kun qattiq qiziyotgan ayni kunlarda oftob tigʻida yurgan odamning sogʻligi yomonlashib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oftob urishidan saqlanish uchun boshni yengil, oq rangdagi tabiiy tolali bosh kiyim bilan, koʻzlarni esa quyoshdan saqlovchi koʻzoynak yordamida muhofaza qilish tavsiya etiladi. Organizmda suv miqdorini ushlab turishga harakat qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastroʻmol bilan artib turish, uni issiqlanishdan asraydi.
Ayni choʻmilish mavsumi boʻlgan shu kunlarda ham tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan aholi oʻrtasida suvga choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tegishli rejaga asosan hududlarda targʻibot-tushuntirish tadbirlari tashkil qilinib, daryo boʻylarida suvda ommaviy dam olishni taʼqiqlovchi belgilar, taʼqiqlangan joyda suvga choʻmilish boʻyicha javobgarlik hamda suvga choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha tushunchalar berilmoqda.
Har mavsumda bunday holatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida turli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Aholi oʻrtasida yoz mavsumi bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida turli plakat, bannerlar oʻrnatilib, suvda choʻmilish uchun kelgan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida daryo qirgʻoqlaridagi notanish joylarda kichik hajmli kemalarda, oʻzi suzmaydigan va eshkakli qayiqlarda suzmaslik kerakligi tushuntirilmoqda. Qayiq egalariga va fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, yoʻriqnomalar hamda eslatmalar tarqatilmoqda.
Havo harorati yuqori boʻlgan kunlarda fuqarolarimizdan zarur boʻlmasa koʻchaga chiqmasliklarini, issiq ob-havodan saqlanishni hamda yosh bolalarga belgilanmagan joylarda choʻmilishlariga ruxsat bermasliklarini soʻrab qolamiz.
B.Tajiboyev, tuman FVB FVDT va FMFTE, XTB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶