25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:46
Jamiyat 👁 405

BOLAJONLARNING SEVIMLI BOFChA OPASI

BOLAJONLARNING SEVIMLI BOFChA OPASI

Insonning yuragida tugʻilgan havas unda cheksiz ishtiyoq uygʻotadi. Havas va ishtiyoq esa qalbni ruhlantirib turguvchi orzuga aylanadi. Ana shu orzu insonni irodali, kuchli boʻlishga, oldiga qoʻygan ezgu maqsadi yoʻlida  intilib yashashga oʻrgatadi. Orzuga yetishish uchun oʻqib-oʻrganish, izlanish unga kuch bagʻishlaydi.

Maftunkor va goʻzal tabiati, biri-biridan fidoyi va mehnatkash insonlari bilan mashhur Qilichboy zaminida tugʻilib-oʻsgan Feruzaxon Oʻrozmetova onasi – qishloqdagi 42-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlovchi Gulandon opaning kasbiga havas  qilib, “katta boʻlsam, bogʻcha opa boʻlaman”, deganida uning oʻzi MTT tarbiyalanuvchisi edi. Bolalikdagi ana shu havas Feruzaxon ulgʻaygan sari uning qalbida bu kasbga nisbatan mehr va ishtiyoq uygʻotdi. Onasining har bir harakati, bolajonlar bilan oʻtkazadigan mashgʻulotlarini xotira koʻzgusida jonlantirib, xayolan “tarbiyachilik” qilib yurib, umumtaʼlim maktabidan soʻng, 2013-yilda Qilichboy kasb-hunar kollejining maktabgacha taʼlim guruhida tahsil oldi.

Oʻzining intiluvchanligi, tashabbuskorligi, yangiliklarga qiziquvchanligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan Feruza Oʻrozmetova kollejda oʻqish jarayonida nafaqat oʻzi tanlagan yoʻnalishi boʻyicha, balki  turli fanlardan toʻgaraklar mashgʻulotlarida ham faol ishtirok etdi. Kollejlararo va tuman miqyosidagi koʻrik-tanlovlar, sheʼriyat kechalari, mushoiralarning doimiy ishtirokchisi va sovrindorlari safidan joy oldi. 42-MTTda ish faoliyatini boshlagach, uning maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari oʻrtasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki nafaqat 42-sonli MTT rahbariyati va kasbdoshlari, balki ota-onasi va doʻstlariga ham cheksiz quvonch bagʻishladi.

Feruzaxon oʻz ustida tinimsiz ishlashi, bola psixologiyasini chuqur oʻrgangani bois, har bir mashgʻulotni nazariya va hayot bilan uygʻun ravishda olib boradi. Natija esa hamisha  kutilganidan ziyoda boʻladi. Uning guruhidagi eng injiq bola ham juda qisqa fursatda tinch, muloyim, tarbiyali boʻlib qoladi. Buning uchun Feruza tinimsiz mehnat qilishdan, injiq bola bilan shugʻullanishdan aslo charchamaydi.

Shuning uchun ham unga koʻpchilik ota-onalar: “hali oʻzing qiz bolasan, bolalar koʻnglini tushunishda eng mehribon onadan qolishmaysan”, deyishadi minnatdorlik bilan.

– Bu Feruzaxonning oʻz kasbiga mehri balandligidan, – deydi 42-sonli MTT mudirasi G.Qurbonboyeva. – Ana shu mehri tufayli Feruzaxon “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqi-chida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Biz bundan juda faxrlanamiz.

Kasbiga va bolajonlarga mehri baland Feruzaxon Oʻrozmetova ish jarayonida oʻz sohasiga oid uslubiy qoʻllanmalardan unumli foydalanish bilan birga tinimsiz ijod qiladi, sheʼrlar, bolalarbop hayotiy ertaklar yozadi. Yozganlarini jamlasa, bir kitob boʻlgulik. Uning sheʼrlarini bolajonlar sevib yodlashadi. Yaxshilik, ezgulik, rostgoʻylik, mardlik va vatanparvarlik mavzularidagi ertaklari esa bolajonlarga olam-olam zavq, taassurot bagʻishlaydi.

– Prezidentimiz: “Kelajak – bogʻchadan boshlanadi”, deb bekorga aytmaganlar, – deydi Feruza Oʻrozmetova. – Biz tarbiyachilar shuning uchun ham kelajakka masʼulmiz. Ana shu masʼullik tuygʻusi meni hamisha oldinga intilib yashashga  undayveradi.

Feruzaxon ayni paytda “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda. Biz yosh va iqtidorli tarbiyachi, bolajonlarning sevimli bogʻcha opasi Feruzaxon Oʻrozmetovaga yangi-yangi yutuqlar tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

Kasbim – faxrim

Kasbim mening – faxrimdir,

Hayot yoʻlim – ahdimdir.

Ish kunim shod kutaman,

Bundan quvnab ketaman.

 

Farzand guldir odamga,

Ziynat erur olamga.

Maʼyus koʻrsak gar uni,

Bedor kutamiz tongni.

 

Garchi men qiz bolaman,

Bolajon, deb yonaman.

Issigʻi-sovugʻiga,

Qarayman har yogʻiga.

 

Mehrim hadya etaman,

Sogʻiniblar kutaman.

“Bogʻcha opa”, desalar,

Boshim osmon – yuksalar.

Feruza Oʻrozmetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026