PREZIDENTNING TUMANDAGI XALQ QABULXONASI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA
Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlashda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishi borasida joriy yilning olti oyi davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Tuman Xalq Qabulxonasida oʻtgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan jami 775 ta murojaatlar roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 721 tasi yozma hamda 54 tasi ogʻzaki murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 732 tasi hududdagi tashkilotlarga, 27 tasi yuqori turuvchi tashkilotlarga mazmunan tegishliligi boʻyicha oʻrganish uchun yuborilgan boʻlib, 16 ta murojaatlar joyida, tegishli korxona va tashkilotlarni jalb etgan holda choralar koʻrish maqsadida tuman Xalq qabulxonasida qoldirilgan.
Shuningdek, tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 555 tasi yaʼni, 72 foizi qanoatlantirilgan boʻlib, shundan 178 tasi oʻzining ijobiy yechimini topgan. 371 tasi huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan boʻlsa, 171 tasiga tushuntirish ishlari olib borilgan, qolgan 47 ta murojaatlar koʻrib chiqilmoqda.
Joylarda jami 24 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlib, ularda aholi tomonidan 138 ta murojaatlar yoʻllangan. Shundan 58 ta murojaatlardagi masalalar qanoatlantirilgan, 53 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan asosli tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar oʻrganilmoqda.
Shuningdek, 24 marotaba tuman hududidagi yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilgan.
Insonlarning dard-u tashvishlari, muammolarini tinglash, ularga koʻmak berish maqsadida amalga oshirilayotgan shu kabi qator saʼy-harakatlar natijasida aholi turmush sharoitlari yaxshilanib, xalqimizning davlat organlariga ishonchi oshmoqda.
E.Rajabov, Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶