Inson qadr-qimmati eʼzozlanmoqda
Men hozir 83 yoshdaman. Umrimning 40-yildan ziyodini hozirgi 33-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarga taʼlim-tarbiya berishga bagʻishladim. Maktabimiz dastlab boshlangʻich, keyin sakkiz yillik, soʻng umumtaʼlim maktabi boʻldi.
Men oʻqituvchilik kasbida ish boshlagan yillarim asli matematika-fizika fani mutaxassisi boʻlsam-da oʻqituvchilar yetishmaganligi sababli koʻpgina fanlardan dars berganman. U vaqtlarda darsliklar oʻn-oʻn besh yillab oʻzgarmas, bir kitobdan oilada necha farzand boʻlsa, bari foydalanaverar edi.
Hozir taʼlim-tarbiya tizimiga joriy etilayotgan oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan shunday quvonamanki, qani kuch-gʻayratim boʻlsa-da ishga qaytsam, deydi koʻnglim.
Ha, mustaqillik yillarida yosh avlodga qaratilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlikka bugun butun dunyo havas bilan qaramoqda. Natijada yoshlarimiz oʻz bilimi, salohiyati bilan hech kimdan kam emasligini jahon maydonida namoyish etmoqda.
Shu oʻrinda ustoz-murabbiylarning mehnati munosib qadrlanayotganini aytish oʻrinli. Sobiq ittifoq davrida doʻkonda un, oq yogʻ kabi kundalik ehtiyoj uchun zarur mollar avval kolxozchilarga, ulardan ortsa, boshqalarga sotilardi. Hatto brigada boshliqlari muallimlardan bizga foyda yoʻq, deb hisoblab, oʻqituvchilarning toʻy-maʼrakalariga ham borishmasdi, oʻzlarining toʻy-maʼrakalariga aytishmasdi. Ikki-uch sotix yerdagi gʻoʻzani suvga bostirib qoʻygani uchun qamalgan odamlarni bilaman. U paytlarda insonning qadri bir qop paxtachalik ham emasdi-da.
Shularni eslasam, bugungi kunimizga qayta-qayta shukrona aytaman. Shogirdlarim ustoz yaxshimisiz, deya hol soʻraganlarida koʻnglim togʻday koʻtarilib ketadi. Biri injener, biri olim, biri oʻqituvchi, biri tadbirkor, biri sanʼatkor oʻgʻillarim, qizlarim, nevaralarimga shu hur zamonning qadriga yeting, asrang-avaylang, - deya nasihat qilaman.
XolboyXudoyberganov,
taʼlim faxriysi,
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶