MATBUOT KAMOLGA YeTKAZGAN IJODKOR
Matbuot sohasida faoliyat koʻrsatgan Jumaboy Hidoyatov oʻquvchilik davridan sheʼrlar mashq qilib, maktab jamoasiga tanilgan edi. Keyinchalik sheʼrlari oʻsha davrdagi tuman gazetasi – “Amudaryo haqiqati” sahifalarida birin-ketin yoritib borildi.
Ijodkorning Jumurtov qishlogʻi haqidagi birinchi sheʼrida qishloq qiyofasi va manzaralari hamda zahmatkash odamlari ifodalangan. Maktab hayoti va aʼlochi oʻquvchilar haqidagi sheʼrlari va maqolalari Respublikadagi bolalar gazetasida ham chop etila boshladi.
Hozir ham u 72 yoshdan oshsa-da, sheʼriyatga umrini bogʻlab, nazm olamida kezishni, izlanishni kanda qilmaydi. Ilhom bulogʻi toshgan kezlarda sheʼrlar bitib turadi. Buni “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi sahifalarida muntazam ravishda yoritib kelinayotgan sheʼrlar gul-dastalarida ham aniq, ravshan koʻrishimiz mumkin.
J.Hidoyatov soʻzga, soʻzning mazmun-mohiyatiga jiddiy eʼtibor beradi va har bir soʻzni tanlab ishlatadi.
Uning ijodi elga tanilishida, albatta, matbuotning oʻrni va ahamiyati alohida boʻldi. Chunki u 1980-90-yillar boshida “Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida mehnat qilib, tajribasini oshirdi. Oʻsha yillarda gazetaning maxsus muxbiri sifatida qishloq xoʻjaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan dehqonlar, mexanizatorlar, pillakor va chorvadorlar, tumanimizning madaniy-maishiy turmushi, ustoz oʻqituvchilar haqida rang-barang maqolalar yozdi. Gazetaning oʻqishliligini, xalqchilligini oshirishga munosib hissa qoʻshdi.
Men qalamkash ijodkor sifatida barcha hamkasblarimni, shu bilan birga keksa ijodkor J.Hidoyatovni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan qizgʻin muborakbod etaman.
Qobul Shomurodov, faxriy jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶