AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI – YoŞLARNING SEVIMLI MASKANI
Kitob – bilim buloği. U inson tafakkurini boyitib, dunyoqaraşini kengaytiradi. Ayniqsa, yoş avlod tarbiyasida, maʼnaviyatini boyitişda, komil insonlar bölib voyaga yetişida kitoblarning örni, ahamiyati beqiyos.
Tumandagi Axborot-kutubxona markazining bugungi umumiy kitob jamğarmasi 63 106 taga yetkazildi. Foydalanuvçilarimiz 4521 nafarni taşkil etadi. Markaz xodimlari tomonidan kitobxonlar safini kengaytiriş maqsadida taʼlim maskanlarida, ovul va mahallalarda muntazam ravişda tarğibot tadbirlari olib boriladi.
Axborot-kutubxona markazimiz onlayn rejimda ham işlaşni boşladi. Masofadan xizmat körsatiş maqsadida taşkil etilgan telegram kanalida foydalanuvçilarga badiiy va turli xil sohalarga yönaltirilgan adabiyotlar taqdim qilinib, muntazam ravişda onlayn tanlovlar taşkil etilmoqda. Telegram kanalimizda PDF, APK, audio formatidagi kitoblar, onlayn mutolaa uçun havolalar, gazetalar, muhim sanalarga oid maʼlumotlar taqdim etilişi yölga qöyilgan.
Badiiy adabiyotlardan taşqari, fanga doir entsiklopediyalar, ilmiy va boşqa turdagi kitoblar mavjud. Yoş kitobxonlar safini kengaytiriş maqsadida markaz tomonidan taʼlim muassasalarida turli mavzularda davra suhbatlari, inşolar tanlovlari, “Yoş kitobxonlar” klubi aʼzolari bilan birgalikda taniqli şoir, yozuvçilar hayoti va ijodiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilib kelinmoqda. Çekka hududlardagi aholi, ayniqsa, 17-30 yoşgaça bölgan uyuşmagan yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş maqsadida köçma-kutubxonalar taşkil etilmoqda. Bularning natijasida yoş kitobxonlar safi tobora kengayib bormoqda.
D.Urazakov, tuman Axborot-kutubxona markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶