YIĞILIŞDA JINOYaTÇILIKNING OLDINI OLIŞ MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Respublikamiz hududida jinoyatçilikka qarşi kuraş, huquqbuzarlik holatlarining oldini oliş borasida huquq-tartibot idoralari tomonidan keng jamoatçilik bilan hamkorlikda qator işlar amalga oşirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ham bu borada mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini olişda “mahallabay” iş taşkil etiş böyiça tegişli vazifalar belgilab berildi.
5-iyul kuni tuman Içki işlar bölimida uşbu topşiriqlar ijrosini taʼminlaş, mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş, jinoyatçilikni oldini oliş borasida taşkil qilingan amaliy işlarni muhokama qiliş maqsadida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda sektorlar rahbarlari, tegişli davlat organlari va taşkilotlari masʼullari iştirok etdilar.
Taʼkidlanganidek, har bir mahalla, oila va şaxs kesimida jinoyatçilikning sabablarini aniqlaş, ularni bartaraf etiş orqali huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişga oid muammolarni bevosita joylarning özida hal etiş orqali samarali natijalarga erişiladi. Şuningdek, hududlarda jinoyatçilik ahvolidan kelib çiqib, har bir ovul va mahallani toifalarga ajratiş hamda hokimlik, sektorlar va jamoatçilik bilan hamkorlikda «jinoyat öçoqlari»ni bartaraf etiş uçun barça zarur kuç va vositalarni jalb qiliş bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Yiğiliş davomida masʼullar Prezidentimizning şu yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida içki işlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning yaxlit tizimini şakllantirişning ustuvor yönalişlarini ilgari suriş bilan birga, içki işlar organlari tizimidagi islohotlarning yangi davrini boşlab berganiga alohida töxtalib ötdilar. Şu nuqtai nazardan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida umumiy tartib-taomillar asosida yondaşişga nisbatan, har bir hududning öziga xosligidan kelib çiqib işni taşkil qilişning afzalligi haqida söz yuritildi.
Undan taşqari, hududlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatçilik holatlarining kelib çiqiş sabablarini örganiş, “jinoyat öçoq”larini bartaraf etiş va jamoat xavfsizligini taʼminlaş borasidagi çora-tadbirlar hamjihatlikda amalga oşirilişi lozimligi, bu boradagi amaliy işlarga keng jamoatçilik jalb etilişi kerakligi taʼkidlandi. Şuningdek, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning barça turdagi salbiy ijtimoiy illatlarga bölgan murosasizlik hissini şakllantiriş, ularning jamiyat hayotidagi rolini oşirişga ham bu borada eʼtiborga olinişi lozim bölgan işlardan biri sifatida qaralişi kerakligi aytilib, tarğibot-taşviqot va profilaktik tadbirlarni yanada kuçaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etildi.
Yiğilişda jinoyatçilikni “mahallabay” jilovlaş borasidagi çora-tadbirlarni amalda bajarişda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” negizida mahallalar kesimida aniq maʼlumotlar bazasidan foydalanilayotgani, bu esa har bir muammoli şaxs bilan yakka tartibda manzilli işlaş imkonini berayotgani töğrisida söz yuritildi. Buning natijasida nizoli şaxslarni yaraştiriş, ayollarga maʼnaviy va psixologik yordam körsatiş, işsizlar bandligini taʼminlaş, yaʼni muammoga qarab manzilli işlaş tizimi yölga qöyilgani aytib ötildi.
Yiğiliş yakunida masʼullar tomonidan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jamiyatda tinçlik va osoyiştalik örnatiş borasida tegişli çora-tadbirlar hamda vazifalar belgilab olindi.
Orifjon Qosimov, tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶