YoŞLARNI OT SPORTIGA QIZIQTIRIŞ MAQSADIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Yurtimizda ot sportini rivojlantiriş, uşbu sport turini yoşlar orasida ommalaştiriş va ot sporti böyiça turli musobaqalarni taşkil etiş kabilarga alohida eʼtibor qaratila boşladi. Bu borada Prezidentimizning “Yilqiçilik va ot sportini yanada rivojlantiriş hamda zamonaviy beşkuraş va polo sport turini ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori qabul qilinib, tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Yaqinda tumanimiz yoşlarini ham ot sportiga qiziqtiriş va uşbu sport turini rivojlantiriş maqsadida Bolalar va ösmirlar sport maktabida sportçi-yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi. Tuman Turizm va sport bölimi, Milliy gvardiya qöriqlaş bölimi, DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism masʼullari iştirokida ötkazilgan tadbirda ot sporti tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Ot sportida asosan tösiqlardan sakraş, ot yörttiriş, uçkuraş turlari böyiça mahoratga ega böliş kerakligi, milliy ot sportining xalqaro maydonlarda dovruğini oşiriş hamda Özbekiston Respublikasi çempionatlari va kuboklari, Xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli iştirok etib, vatanimiz şaʼnini munosib himoya qilişga harakat qiliş lozimligi tuşuntirildi.
Tadbirda DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismga qaraşli xizmat oti va iti iştirokida tryuklari körsatib berildi. Yoş sportçilarni qiziqtirgan savollarga töliq javoblar berilib, faol iştirok etgan yoşlarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.
M. Şomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶