YoŞ SPORTÇILAR ÖRTASIDA BOKS BÖYIÇA MUSOBAQA ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda yoş avlodni jismonan va maʼnan soğlom insonlar etib tarbiyalaş, Vatanimiz obrösini yanada yuksaltirişning muhim omili bölgan – sportni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Sport turlarini yanada ommalaştiriş, jahon maydonlarida Vatanimiz şarafini munosib himoya qilişga qodir sportçilarni tayyorlaş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalariga muhim vazifa sifatida qaralmoqda.
Amudaryo tumanida ham turli sanalar munosabati bilan yoşlar örtasida sport musobaqalarini taşkil etiş anʼanaga aylangan.
Yaqinda 26-iyun – Giyohvandlikka qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan sportning boks turi böyiça 2009, 2010, 2011, 2012-yillarda tuğilgan 24 kg.dan 40 kg. vazn toifasidagi ösmir yoşlar örtasida sportning kuraş turi böyiça BÖSM birinçiligi musobaqasi ötkazildi. Musobaqa murosasiz kuraşlarga boy tarzda qiziqarli ötdi. Yoş sportçilar murabbiylardan örgangan mahoratlarini namoyiş etib, faxrli örinlarni qölga kiritişga harakat qildilar.
Qizğin ötgan uşbu musobaqada ğoliblar aniqlanib, taşkilotçilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
Gulzoda Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶