TADBIRKORGA YeTKAZILGAN ZARAR UNDIRILDI
Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi tomonidan daʼvogarning javobgar masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 81 997 343 coʻm asosiy qarz 40 998 671 coʻm penya undirish haqidagi daʼvo arizasi Fuqarolik ishlari boʻyicha Xorazm viloyati sudi yordamida videokonferentsaloqa rejimida ochiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Shu yil 16-aprel kuni oʻtkazilgan sud majlisida Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi masʼullari, daʼvogar va javobgar tomonlar ishtirok etdilar. Aniqlanishicha, taraflar oʻrtasida 2019-yil 23-aprel kuni dori-darmon sotib olish haqidagi shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlari lozim darajada bajarilmaganligi sababli taraflar oʻrtasida qarzdorlik kelib chiqqan. Bu boʻyicha sud majlisida ishni koʻrish davomida qarzdorlik qoplanib, taraflar oʻrtasidagi shartnoma shartlari toʻliq bajarilgan.
Sud ishi yakunida javobgar maʼsuliyati cheklangan jamiyatidan daʼvogar foydasiga 2 460 000 soʻm davlat boji uchun pul, 19 600 soʻm pochta xarajatini undirish boʻyicha qaror qabul qilindi.
M.Karimbayeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶