15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 01:01
Fan va taʼlim 👁 427

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilarining kasb mahoratini takomillashtirish, ularning ilgʻor pedagogik texnologiyalar, xususan, innovatsion usullardan samarali foydalanish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalarini ommalashtirish, kadrlar salohiyatini, pedagog kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Tumanimizda ham barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog tarbiyachilarni jalb qilgan holda ushbu koʻrik tanlovni oʻtkazish anʼanaga aylangan. Joriy yil ham tumanimizdagi eng ilgʻor pedagog, tarbiyachilarni aniqlash, pedogogik mahorat hamda tajribalarni almashish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Tanlovning hududiy bosqichida 51 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etdilar. Hududiy bosqichda eng namunali 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari koʻrik tanlovning tuman bosqichiga saralab olindi.

Koʻrik tanlovning tuman bosqichi bellashuviga tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mutaxassisi Gʻayrat Muratov, 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Sharifa Seyitova, 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Hafiza Oʻrazimbetova, 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Zaynab Ernafasova, 51-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Gulnoza Qurbonboyevalar hakamlik qildilar hamda tanlov ishtirokchilarini oqilona baholab bordilar.

Iqtidorli, izlanuvchan tarbiyachilar kasbiy koʻrik tanlovning tuman bosqichida beshta qiziqarli shartlar asosida sinovdan oʻtkazildilar. Dastlab ishtirokchilar “Salomlashish va tanishtirish” shartida qiziqishlari, tarbiyachilik faoliyati, kelgusidagi maqsad hamda rejalari haqida maʼlumotlar berdilar. Tanlovning ikkinchi shartida hakamlar hayʼatiga tanlov ishtirokchisining pedogogik faoliyati aks ettirilgan “Internet portfolio”si taqdim etildi. Uchinchi shartda koʻrik tanlov ishtirokchisining maktabgacha taʼlim tashkilotidagi faoliyati, ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, shaxsiy yutuqlari va tashkil etgan turli mashgʻulotlari, toʻgaraklari jamlangan videorolik yigʻilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

Tanlovning har bir sharti oʻzi xos tarzda, juda qiziqarli, baxs-munozaraga boy tarzda oʻtdi. Ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritish maqsadida bor mahoratlarini ishga soldilar. Ayniqsa, ishtirokchilarning pedagogik faoliyati mobaynida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan toʻrtinchi shart barchada katta taassurot qoldirdi. Ushbu shartda tarbiyachilarimizning oʻquv-uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini aks ettiruvchi materiallari va ijodiy ishlari, faxriy yorliq hamda diplomlari, shuningdek, xalqaro loyihalar hamda dasturlardagi ishtiroki yigʻilganlar eʼtiboriga namoyish qilindi. Yakuniy beshinchi shart erkin mavzu sharti boʻlib, bu shartda ishtirokchilar oʻzlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon qildilar. Bir-biridan ajoyib va murosasiz kechgan shartlarni hakamlar 5 ballik tizimda baholab bordilar.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining tuman bosqichida 42-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Feruza Oʻrazmetova “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Mohira Bozorboyeva “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Oʻrazgul Berdimuratova “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalari, shuningdek, 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Sharofat Rajabova “Eng yaxshi gʻoya muallifi”, 38-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Shohida Rahimova “Mohir qoʻl ustasi” nominatsiyalari gʻoliblari boʻldilar. Koʻrik-tanlov yuqori malakali tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni ragʻbatlantirishga, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirishga, kasbiy faoliyatda sogʻlom raqobat hamda ijodkorlik muhitini yaratishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019