25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:40
Jamiyat 👁 285

26-iyun – xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26-iyun – xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26-iyun – xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni. Giyohvandlik balosi – insoniyatni juda katta tashvishga qoʻyayotgan ogʻir ofatlardan biriga aylandi. Tibbiyot nuqtai-nazaridan qaraganda giyohvandlik surunkali, giyohvand moddalarni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan xastalik hisoblanadi. Unga mubtalo boʻlgan har qanday odam hayoti fojea bilan tugaydi. Shu bois milliy qonunchiligimizda tarkibida narkotik moddalar va psixotrop vositalar boʻlgan tibbiy dori-darmonlarning qonuniy aylanishini taʼminlash, giyohvandlikka chalingan shaxslarni davolash va boshqa muhim masalalarning huquqiy asoslari belgilangan.

Amudaryo tumanidagi Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinkasining narkologiya xonasida surunkali alkogolizm va giyohvandlikka chalingan bemorlarga xizmat koʻrsatiladi. Narkologiya xizmatini koʻrsatish xonasi 1985-yilda tashkil qilingan boʻlib, bemorlarga narkolog-shifokorlar Bahodir Chorshamov, Sardor Madaminov hamda feldsher-narkolog Rajab Oʻtamurodovlar tibbiy yordam koʻrsatib kelishmoqda. Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka berilishning oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Ushbu ofatga qarshi kurashish kuchaytirilayotganiga qaramasdan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirish, kontrabanda, narkotik moddalarning oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir boʻlishi kamaymayapti. Buning natijasida oilalar barbod boʻlib, bolalar nogiron, mayib-majruh tugʻilmoqda, qancha insonlar ogʻu ortidan daromad koʻrayotganlar qurboniga aylanmoqda.

Tuman poliklinkasidagi narkologiya xonasida hisobda turgan bemorlar bugungi kunda 152 nafarni tashkil etadi. Ushbu bemorlarning 149 nafari surunkali alkogolizm, 3 nafari giyohvandlik kasalligiga chalingan. Ularni dinamik kuzatish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash  vazirligining “Surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va toksikomaniya bemorlarini dispanser kuzatuvi haqida”gi buyrugʻi asosida olib boriladi. Profilaktik hisobda turgan bemorlar esa har oyda koʻrikdan oʻtkaziladi. Undan tashqari, surunkali ichkilikbozlikka chalinganlarni anonim davolash ishlari olib boriladi. Kasallikka chalinganlarning oila aʼzolari bilan muntazam ravishda suhbat oʻtkazilib, ulardagi oʻzgarishlar qayd etilib boriladi.

Joriy yilning shu oyiga qadar 45 nafar bemordan OITS kasalligiga qon tahlili olingan boʻlib, ularning hech birida kasallik aniqlanmagan.

Bu yerga kasallik belgilari bilan kelgan bemorlar asosan oila aʼzolarining roziligi va arizasi bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Koʻrik davomida surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvand ekanligi aniqlanishi bilan bemorga shifokor-narkolog tomonidan Respublika Narkologiya dispanseriga statsionar davolanishga yoʻllanma beriladi. Bemorlarni aniqlashda, ularga tibbiy yordam koʻrsatishda tumandagi tibbiyot xodimlari va qishloq vrachlik punktlari xodimlari yaqindan yordam berib kelishmoqda.

Narkologiya xonasida har kuni soat 16:00dan keyin tibbiy tez yordamda alkogolik mastlik holatini aniqlash ekspertizasi oʻtkaziladi. Shu kungacha 155 nafar alkogolik mast deb topilganlar tibbiy koʻrikka olib kelindi. Ekspertiza davomida mastlik holati alkotester yordamida aniqlanadi. Shuningdek, narkologiya xonasida bemorlarga ratsional-psixoterapiya va umumquvvatlovchi dorilar bilan muolajalar oʻtkaziladi.

Ijtimoiy kasallik hisoblangan giyohvandlikning oldini olish, avvalo, mazkur xastalikning sabab boʻluvchi omillarini bartaraf etish, yoshlarni sportga jalb etish, maʼnaviy dunyosini umuminsoniy qadriyatlar va milliy gʻurur hissi bilan boyitish hamda boshqa koʻplab xayrli amallar bilan bogʻliq keng koʻlamli choralarni amalga oshirish demakdir. Bu borada shu kabi kerakli choralar koʻrilayotganiga qaramasdan ushbu illatni nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda butunlay yoʻq qilishning imkoni boʻlmayotgani juda achinarli.

Hamjihatlik har qanday ofatni bartaraf etishda eng kuchli vosita hisoblanadi.  Shu sababli har birimiz giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurashishga oʻzimizni masʼul deb bilib, yoʻq qilinishiga hissa qoʻshishimiz lozim.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026