Maktabgaça taʼlim sohasi tobora rivojlanmoqda
Maktabgaça taʼlim sohasida misli körilmagan özgarişlarni bugun har bir yurtdoşimiz sezib, kuzatib turibdi. Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgaça taʼlim tizimiga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilib, soha rivoji uçun keng qamrovli islohotlar amalga oşirilmoqda. Qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilinib, taʼlim-tarbiyaning asosi bölgan maktabgaça taʼlim tobora taraqqiy etib bormoqda. Maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni kun sayin ortib, ularga bolalarni qamrab oliş darajasi oşmoqda.
Tumanimizda barpo etilayotgan taʼlim-tarbiya maskanlari zamonaviy köriniş kasb etmoqda. Eski binolar örniga yangilari qurilmoqda, baʼzilari qayta rekonstruktsiya qilinib, bolajonlarimizning sifatli taʼlim-tarbiya olişlari uçun barça imkoniyat hamda şart-şaroitlar yaratilmoqda. Şuningdek, sohada xususiy sektorning uluşi ham yil sayin ortib bormoqda. Tadbirkorlar öz mablağlari va bank kreditlari evaziga zamonaviy binolar qurib, soha rivojiga munosib hissa qöşmoqdalar. Toş yop ovuli xududida joylaşgan davlat-xususiy şerikçilik asosidagi “Zebo” maktabgaça taʼlim taşkiloti fikrimizning yaqqol dalilidir.
Mazkur nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotining loyiha qimati 2 milliard 956 million 845 ming söm bölib, şundan 2 milliard 227 million söm “Özsanoatqurilişbank” tamonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablağlaridir. Uşbu mablağlar hisobidan Toş yop ovuli hududida yangi, zamonaviy körinişga ega, barça qulaylik, şaroitlar yaratilgan, 100-örinli taʼlim-tarbiya dargohi bunyod etildi. Uşbu taşkilot bunyod etilişi bilan 14 ta yangi iş örni yaratildi.
Aytiş kerakki, davlatimiz rahbarining “Maktabgaça taʼlim tizimini yanada rağbatlantiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida maktabgaça taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş va takomillaştiriş, maktabgaça taʼlim taşkilotlarini davlat tomonidan boşqarişning samarali tizimini yaratiş hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş borasida tizimli işlar qilinmoqda. Uşbu qaror bilan maktabgaça taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça dastur tasdiqlanib, uning doirasida maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini tizimli taşkillaştiriş, quriş, rekonstruktsiya qiliş va mukammal taʼmirlaş borasidagi işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2022-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan 2020-yilgi investitsiya dasturi asosida Amudaryo tumani Toş yop ovuli hududida joylaşgan 13-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti filiali binosini rekonstruktsiya hisobidan yangidan quriş işlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.
Bino 90-öringa möljallangan bölib, umumiy qiymati 2 mlrd. 685 mln. 600 ming sömlik quriliş işlari boş pudratçi «MANGIT-SERVIS» masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan amalga oşirildi.
Zamonaviy körinişga ega mazkur 2 qavatli bino foydalanişga topşirilişi bilan Amudaryo tumani hokimining 2021-yil 3-dekabr kungi “Maktabgaça taʼlim taşkilotiga yuridik şaxs maqomi beriş töğrisida”gi qaroriga asosan ilgari filial sifatida iş yuritgan mazkur muassasaga 51-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti sifatida mustaqil yuridik şaxs maqomi berildi. Bugungi kunda 51-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida 3 ta asosiy guruh taşkil qilingan bölib, uşbu guruhlarga hududdagi 90 nafar bolalar qamrab olingan va taʼlim-tarbiya olmoqdalar.
Aytiş kerakki, bugungi kunda Amudaryo tumanida maktabgaça taʼlim taşkilotlarining umumiy soni 115 tani taşkil qiladi. Şundan 51 tasi davlat, 4 tasi davlat-xususiy şerikçilik asosidagi va 60 tasi oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari hisoblanadi. Mazkur taʼlim-tarbiya muassalariga bolajonlarni qamrab oliş körsatkiçi yil sayin ortib bormoqda. Bugun tumanimizdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olingan bolalar soni 11 ming 211 nafar bölib, qamrov körsatkiçi 67,2 foizni taşkil etadi. Joriy yilning yakuniga qadar uşbu körsatkiçni 67,4 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶