"MAŞAQQATLARDA TOBLANGAN UMR" KITOBINING TAQDIMOTI BÖLIB ÖTDI
Kitob – beminnat ustoz. Bilim va maʼnaviy yuksalişga erişişning eng asosiy manbai hisoblanadi. Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bölişining muhim omil – bu kitobga döst böliş, hamişa kitob öqiş va kitob mutolaasini umr böyi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoşlarning baxtu kamoli, osoyişta va farovon hayotida kitobning alohida örni bor. Çunki, yaxşi kitob insonda Vatanga muhabbat, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yuksaltirib, yaxşilik hamda ezgulikka undaydi.
Joriy yilning 14-iyun kuni amudaryolik tadbirkor, mehnat faxriysi Tursunboy Ahmedovning maşaqqatli umr yöllari haqida hikoya qiluvçi “Maşaqqatlarda toblangan umr” kitobining taqdimot marosimi bölib ötdi. Jurnalist Oygul Rajabova qalamiga mansub uşbu kitob Tursunboy Ahmedovning bosib ötgan yöllari, yoşlarimizga örnak böluvçi ibratli hikoyalardan taşkil topgan.
Tadbirda tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimidan Bekman Allaberganov, mahalla faollaridan Örinboy Berdibayev, Norboy Ibodullayev, Şerimbat Bekimbatov, Ataxon Quralov, Sapargul Xöjamuratova, tadbirkor Sobir Erimbetov, fermer Ozod Tajimuratov, Beruniy mahalla fuqarolar yiğini raisi Ozod Kamolov, şu mahalla xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Mahfuza Ibrahimovalar iştirok etişdi.
Kitob – qalb çiroği, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan öziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlaş asnosida möjizaviy sahifalarning sirli şitirlaşidan köngil çeksiz zavqqa töladi. Bunday kitoblarni mutolaa qiliş va uning mazmuni haqida boşqa kitobxonlar bilan fikrlaşişning huzur halovati tamoman özgaçadir.
Taqdimot keçasini Bekman ota Allaberganov oçib berdi. Taqdimot davomida Xalq deputatlari tuman Kengaşiga Beruniy mahallasidan saylangan deputat Nilufar Davletova, tadbirkorning şogirdi Ozod Tajimuratovlar sözga çiqib, Tursunboy akaning faoliyati, qilgan mehnatlari haqida batafsil töxtalib ötdilar. Sözga çiqqanlar Tursunboy Ahmedovning iş faoliyati davomida hattoki, qöl ostidagi haydovçilar, işçilar bilan rahbar emas, balki döstlardek muomalada bölganliklarini, hodimlarining hayotlaridagi muammolariga heç qaçon befarq qaramasliklarini, namunali işçi-xodimlarni rağbatlantirib borişni va boşqa insoniy xislatlarini alohida taʼkidlab ötdi.
Çindan ham, hayotining salkam yarim asrida rahbarlik lavozimlarida işlab, maşaqqatlarda toblangan, "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan kommunal, maişiy xizmat va savdo xodimi" unvoni, "Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25" yil kökrak nişoni sohibi, 36-yildan ortiq vaqtdan beri "Manğit" masʼuliyati çeklangan jamiyatiga raislik qilib kelayotgan Tursunboy aka Ahmedovning hayot yöli köpçilik uçun ibrat maktabidir.
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlab ötganidek, bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvçining başariyatning ertangi kunini öylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bağrikenglikka daʼvat etişga qaratilgan haroratli sözi har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şunday ekan, ijodkorning har bir asari kitobxonlar uçun maʼnaviyat ummonining bir çaşmasi sifatida qadrlidir. Jurnalist Oygul Rajabova ham zamonamiz qahramonlaridan biri haqida hikoya qiluvçi “Maşaqqatlarda toblangan umr” kitobi bilan ana şu ummonning yanada mavjli bölişiga hissa qöşdi.
Tadbir nihoyasida yiğilganlarga “Maşaqqatlarda toblangan umr” kitobi sovğa qilindi.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶