14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:15
Siyosat 👁 13,331

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Mavzuga oid fotogalereya

10-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Senat Raisi dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va Respublika faollari bilan birgalikda tumanimizdagi Durunki mahallasida boʻlib, mahalla fuqarolar yigʻini faollari, aholi hamda yoshlar bilan uchrashdi.

Mehmonlar mahalla fuqarolar yigʻini binosi oldidagi sunʼiy qoplamali maydonchada tumanimizda ilm-fan, sport sohasida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Yigʻilganlar orasida fan olimpiadasining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi, bir necha sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston chempionatlarining gʻolib va sovrindorlari bor edi. Yoshlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada yuksak choʻqqilarni zabt etishlariga umid, ishonch tuygʻularini oʻygʻotish maqsadida faol yoshlarga faxriy yorliqlar va velosipedlar sovgʻa qilindi. Fan olimpiyadalari, sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalar gʻoliblari oʻzlariga qaratilgan bu kabi eʼtibordan mamnun boʻldilar.

Soʻngra mehmonlar Durunki mahalla fuqarolar yigʻini binosi, bu yerda yigʻin xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, fuqarolar yigʻini huzuridagi turli komissiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolar yigʻini binosining majlislar xonasida mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida mehmonlarga fuqarolar yigʻinining bugungi kundagi faoliyati, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida Tosh qalʼa mahalla fuqarolar yigʻini huzuridagi komissiya aʼzosi Pardagul Oʻrozboyeva, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebo Rajabova, 14-sonli maktab bitiruvchisi, qozoq tili boʻyicha fan olimpiadasining Oʻzbekiston miqyosidagi bosqichi gʻolibasi Balkumis Reimbayeva lar soʻzga chiqib, mamlakatimizda aholi farovonligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan soʻng Senat Raisi aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishi, ixcham issiqxonalar qurilishi, oila chorvasi, ayniqsa, asalarichilik va parrandachilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasi faoliyatiga tashrif buyurdi.

Bogʻ mahallasi hududida joylashgan mazkur agrofirma rahbari Erkin Rasulov 2019-yilda 1 mlrd 200 mln soʻmlik bank krediti hamda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan asalarichilik tarmogʻini yoʻlga qoʻygan. Tanzila Norboyeva va Murat Kamolovlar agrofirmada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish mobaynida ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, agrofirmada erishilayotgan yutuqlar, aholi dasturxoniga yetishtirib berilayotgan asal mahsulotlari sifatiga yuksak baho berdi. Taʼkidlash kerakki, agrofirmada ishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani va ishchilarning samarali mehnati evaziga birgina 2020-yilgi mavsumda 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetishtirilib, 90 mln soʻm sof foyda koʻrilgan.

Tanzila Norboyeva amudaryolik qishloq xoʻjaligi tadbirkorlarining ishlarini ommalashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa asalarichilikni yanada rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, shu orqali aholining bandlik darajasini oshirish boʻyicha masʼullarga zarur tavsiyalar berdi.

Mehmonlar Bogʻ mahallasidagi ipak qurti boqib, pilla yetishtirayotgan va daromad olayotgan oilalardan biriga tashrif buyurdilar. Oila bekasi Dilorom Eshmanova joriy yilgi mavsumda 19 gramm ipak qurti parvarishlab, 56 kg pilla hosili yetishtirish boʻyicha fermer xoʻjaligi bilan pudrat shartnomasini tuzgan. Tanzila Norboyeva va Murat Kamolovlar ipak qurti boqishning mashaqqatlarini yengib, moʻl hosil yetishtirgan pillakorlar bilan samimiy muloqot qildilar.

Tashrif davomida mehmonlar gilamdoʻzlik faoliyati bilan shugʻullanib, yuqori daromad olayotgan yana bir oilaga tashrif buyurdilar. Ishsiz aholining bandligi taʼminlanishiga koʻmaklashish maqsadida masʼullar yordami bilan tashkil qilingan tsexlar gilam toʻqish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan jun, ip, qozon, boʻyoq va boshqa toʻqish uskunalari bilan taʼminlangan boʻlib, toʻqish jarayoniga 35 nafar ishsiz ayol-qizlar jalb qilingan. Shulardan toʻrt nafari “Ayollar daftari”ga, uch nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlardir.

Senat Raisi tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida boʻlib, bu yerda boʻlim xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining oilalarda va mahallalarda faol ish olib borish, yosh avlodni turli zararli oqim va taʼsirlardan saqlash, insoniy qadriyatlarni mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga uslubiy-amaliy koʻmaklashish sohalaridagi faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu yerning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari hamda tuman faollari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda tumanimiz faollari yoshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining tumandagi ijrosi, xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va tibbiy madaniyatni rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini oddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdilar.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, tumanda “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan 1832 nafar ayollar kiritilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning shu davriga qadar 1473 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar koʻrsatilgan boʻlib, 567 nafar ishsiz ayollarning bandligi taʼminlangan. Shuningdek, 225 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga qayta oʻqitilib, 55 nafariga tomorqadan foydalanish uchun yordam berilgan hamda 398 nafar ayollarga tadbirkorlik qilishi uchun kredit olishda amaliy yordamlar koʻrsatilgan. Bundan tashqari, 173 nafar boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand ayollar, 65 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan ayollarga, 19 nafar qaramogʻida nogiron farzandi boʻlgan ayollarga moddiy yordamlar ajratilgan.

Uchrashuv mobaynida tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar xususida ham soʻz yuritildi. Qayd etilishicha, tumandagi har bir mahalla kesimida ishsiz, tadbirkorlik faoliyati hamda
kasb-hunarga oʻqish istagida boʻlgan, ijtimoiy muammoli 6 753 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlib, ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, jami 731 nafar ishsiz yoshlarni doimiy va jamoat ishlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlangan. 243 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 3 mlrd 167 mln soʻm kredit mablagʻlarini ajratilgan hamda 245 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Qishloq xoʻjaligi sohasida yoshlar bandligini taʼmminlash maqsadida 4408 nafar yoshlarga 1378 gektar yer maydonlari ajratilgan. Hozirgi kunda 265 nafar tadbirkorlikka va 60 nafar yoshlar kasb-hunarga oʻqitilgan. Bu boradagi samarali ishlar natijasida joriy yilning shu davriga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6753 nafar yoshlardan 3376 nafari “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan.

Uchrashuvda Senat raisi mahalliy Kengash faoliyatini yanada jonlantirish, tumanni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida "Temir daftar" va "Ayollar daftari"da turgan yurtdoshlarimizga sovgʻalar topshirildi.

Tuman hokimliging Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019