25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:20
Jamiyat 👁 51

BIR QULTUM OQ OGʻUNING OQIBATLARI

BIR QULTUM OQ OGʻUNING OQIBATLARI

Mastlik – ixtiyoriy telbalik, deyishadi. Haqiqatan ham shisha ichiga sigʻgan oq ogʻuni isteʼmol qilgan inson juda qisqa fursat ichida osongina shayton izmiga kiradi-qoʻyadi. Shisha ichidagi bir qultum ogʻu har qanday baquvvat, ongli odamni telbaga aylantiradi. Agar shunday boʻlmaganida tumanimiz mahallalaridan birida yashovchi Bahrom Arslonov (ism-sharifi oʻzgartirildi) mast holatda avtomobil boshqarmagan, oʻzining va yana bir necha shaxslarning sogʻligiga, oilalari  iqtisodiga zarar yetkazmagan boʻlardi.

Doʻstining toʻyida qaynotasining nomida boʻlgan avtomobilni tegishli hujjatlarsiz, mast holatda boshqarib, “gulyanka”ga chiqqan Bahromboy spirtli ichimlik taʼsirida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda, yoʻl harakati qoidalariga muvofiq harakatlanib ketayotgan boshqa bir avtomashina bilan toʻqnashib ketgan. Natijada ikkinchi avtomashinada boʻlgan ikki nafar fuqaroning biri salomatligi uchun xavfli boʻlgan ogʻir, ikkinchisi yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yana bir shaxs – fuqaroviy daʼvogar, Bahrom Arslonovning qaynotasi esa avtohalokat tufayli kattagina miqdorda moddiy zarar koʻrgan.

Amudaryo IIB maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudining sayyor sud majlisida Bahrom Arslonov qarshisiga toʻplangan mazkur jinoiy ishi jabrlanuvchilar hamda fuqaroviy daʼvogar shaxslar ishtirokida atroflicha muhokama etildi.

Sudda Bahrom Arslonov qarshisiga toʻplangan barcha hujjatlar, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, tomonlarning koʻrgan moddiy va maʼnaviy zararlari gumonlanuvchi B.Arslonov tomonidan toʻliq qoplab berilganligi boʻyicha oʻz daʼvolaridan voz kechganlari haqidagi arizalari batafsil oʻrganildi va ushbu ish boʻyicha yarashtiruv instituti qoʻllanilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi hamda Jinoyat protsessual Kodeksining tegishli moddalariga koʻra, ayblilik haqidagi masalasi hal qilinmasdan harakatdan toʻxtatildi.

Boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida tomonlar biri-birini kechirib, yarashdilar. Lekin aynan ana shu yarashuv daqiqalarigacha jabrlanuvchilar. fuqaroviy daʼvogarlar jismonan va ruhan azoblandilar. B.Arslonovning qaltis harakati, mast holda, zarur hujjatlarsiz avtomobil boshqargani  oqibatida uning oila aʼzolari to sud yarashtiruv institutini qoʻllagunga qadar aziyat chekishdi. Oʻz ixtiyori bilan spirtli ichimlik ichib, ixtiyoriy ravishda telbalarcha harakat qilgan Bahromboy esa nafaqat qaynotasi va oila aʼzolari, balki jamiyat oldida ham uyalib qoldi.

S.DAVLETMURATOV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026