16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:09
Jamiyat 👁 494

Muntazam ravishda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi

Muntazam ravishda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi

Soʻnggi yillarda xalqimizning turmush farovonligi oshib, yillar davomida koʻngillariga tugib qoʻygan orzulari roʻyobga chiqmoqda. Ayni paytda har ikki xonadonning birida turli rusumdagi avtomobillar bor. Hatto ayrim xonadonlarda ikki-uchtadan avtomobil mavjudligini hisobga olsak, oddiy til bilan aytganda, yoʻl toʻla mashina. Bu quvonarli, albatta, shu bilan birga, avtomobil egalari uchun katta masʼuliyat ham deganidir.

Avtomobil boshqarib koʻchaga chiqqan haydovchi bilan bir qatorda oddiy yoʻlovchi ham yoʻllarda harakatlanish madaniyati va qoidalariga puxta amal qilishi, yoʻl harakati bilan bogʻliq noxush holatlar sodir boʻlishining oldini olishda oʻzini masʼul deb bilishi zarur va shart. Chunki haydovchining va yoʻlovchining salgina qaltis harakati, beparvoligi tuzatib boʻlmas ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi maʼmuriyati yoʻl-patrul xizmati xodimlari bilan birgalikda aholi vakillari hamda avtotransport vositalari haydovchilari ishtirokida doimiy ravishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targʻibot tadbirlari va tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Ayniqsa, muntazam ravishda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etishning salbiy oqibatlari boʻyicha oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar va tushuntirish ishlari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 31oktyabr sanasida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi binosi oldida boʻlib oʻtgan navbatdagi targʻibot tadbirida ham haydovchilarning muntazam ravishda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etishining salbiy oqibatlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga yoʻllarda harakatlanish madaniyati va soʻnggi yillarda tizimda amaliyotga joriy etilgan yangiliklar hamda oʻzgarishlar boʻyicha zarur tushunchalar berildi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, kapitan Timur Ibragimov, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Muxametali Xojamuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Mintaqaviy hudud boshligʻining oʻrinbosari Murat Daribayev, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi, leytenant Anvar Yusupovlar ishtirok etishdi.

Masʼullar taʼkidlaganidek, baʼzi haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarab, muntazam ravishda qoidabuzarliklar sodir qilib keladi. Qoʻllanilgan jarimalar haydovchining oʻziga moddiy zarar keltirishidan tashqari boshqa ijtimoiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, birgina tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish oqibatida haydovchi faqat jarima toʻlab qolmasdan, avtomashinani yuqori tezlikda boshqarishga oʻrganib qolishi mumkin. “Koʻza kunda emas, kunida sinadi” deganlaridek, bu holat bir kuni ogʻir yoʻl-transport hodisasiga olib kelishi mumkin.

Yigʻilishda haydovchilar bilan alohida suhbatlar oʻtkazishib, harakat xavfsizligi bilan bogʻliq muhim masalalar boʻyicha zurur tushuncha va tavsiyalar, maʼlumotlar berdilar. Xususan, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish, ruxsat etilmagan hududlarda belgilangan qoidalarga xilof tarzda yuqori tezlikda harakatlanish haydovchi uchun ham, yoʻlovchi uchun ham birday ogʻir oqibatlarga olib kelishi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida tadbir ishtirokchilari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Yoʻl – tasodiflarga toʻla. Xalqimiz bekorga “Yoʻl qoidasi – umr foydasi” deyishmagan. Nafaqat haydovchi, balki yoʻlovchilar ham yoʻllarda harakatlanish qoidalariga amal qilsalar, bu – eng avvalo, jamiyatimizning osoyishtaligi, insonlarning xotirjamligi, bundan ham muhimi, salomatlik va umrimiz bardavomligi kafolatidir. Shu bois, mazkur tadbirda ishtirok etgan masʼullar haydovchilarni hamda tumanimiz fuqarolarini yoʻllarda harakatlanish madaniyatiga, yoʻl harakati qoidalariga amal qilishga va doimiy ogohlikka chaqirdilar.

 Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026