Oddiy qişloq maktabining Çexiyadagi sobiq öquvçisi
Mustaqillik yillarida umumtaʼlim maktablarida öquvçi-yoşlarga taʼlim-tarbiya berişning öziga xos milliy tizimi şakllandi. Yangi innovatsion pedtexnologiyalarning sohaga izçil joriy etilişi, "Taʼlim töğrisida”gi Qonun va Milliy Dastur asosida işlab çiqilib, yangidan yaratilgan maktab darsliklari hamda barça fanlar böyiça yetuk olimlar tomonidan tavsiya etilayotgan qöşimça adabiyotlar nainki öquvçining, balki öqituvçilarning ham öz ustlarida tinimsiz işlab, izlanişlari uçun zamin yaratdi. Örta umumtaʼlim tizimidagi bunday yangilaniş jarayoni tufayli sobiq tuzum davriga xos bölgan "şahar maktabi va qişloq maktabi”, degan ayriça qaraşlarga barham berildi. Şak-şubhasiz aytiş mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda şahar va qişloq maktabi örtasida umuman farq qolmadi.
Tumanimizning "Namuna” mahallasi hududida joylaşgan 49-sonli qişloq maktabi 1960-yilda boşlanğiç maktab sifatida öz faoliyatini boşlagan. Maktabning taşkilotçisi va birinçi direktori (rahmatlik) Şer oğa Qalandarovning fidoyiliklari, mahalliy rahbarlarning va "Olang ovul” aholisining beminnat homiyliklari bois, haşar yöli bilan qurilgan maktab to 1980-yillargaça boşlanğiç maktab sifatida ovul yoşlarining sevimli ilm maskaniga aylandi. 1980-yilda sakkiz yillik, 1996-yilda esa örta umumtaʼlim maktabi maqomini olgan mazkur ilm dargohida ovul yoşlariga taʼlim-tarbiya berib, mustaqil hayotga yöllagan aziz insonlar Şer oğa Qalandarov, Rahimboy Qurboniyozov, Jumamurod Annasafarov, Örolboy Tojiboyev, Erman Xudoyberganov, Madrahim Örozaliyev, Paraxat oğalarning nomlarini bugungi "olang ovul”liklar alohida ehtirom billan tilga olişadi. Qöşan Ibodullayev, Soliy Xalillayev, Baxtiyor Atiyazov, Norimmat Eşimbetov va Jabborbergan Atiyazovlarning sinflarida tahsil olgan maktabning sobiq öquvçilari nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimiz işlab çiqarişining turli jabhalarida fidoyi mehnat qilişmoqda. Maktabning sobiq öquvçilaridan biri Ikromjon Tojiboyevning nomi bugungi kunda jahon fizik olimlariga yaxşi taniş. Ikromjon bugungi kunda Mirzo Uluğbek nomidagi ÖzMUning fizika fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
- Rustam Şerov, Komiljon Annasafarov, Şomurod Qurboniyozov Rözimboy Nurumbetov va Farhod Nurumbetov singari bilimdon, el nazariga tuşgan sobiq öquvçilarimiz bilan hamişa faxrlanamiz, - deydi maktab direktori Şukurboy Ayimbetov mamnuniyat bilan.
Direktorning quvonçlariga şerik bölib, maktab hayoti bilan yaqindan tanişdik. 43 nafar mutaxassis öqituvçilarning 33 nafari oliy maʼlumotli fan öqituvçilari bölib, maktabda "Adabiyotşunos”, "Yoş tilşunos”, "Musiqaşunos”, "Yoş sportçi”, "Yoş tarixçi”, "Yoş rassom” va "Ölkamizni örganamiz” tögaraklari faoliyat körsatmoqda. Tögaraklarning har biriga 20-25 nafardan ilmga intiluvçan öquvçilar jalb etilgan. Sportning futbol va voleybol turlari böyiça erişilayotgan yutuqlar ham talaygina. Zamonaviy ped-texnologiyalar asosida dars ötiladigan kimyo-biologiya xonasi, çet tillarni örganişda muhim ahamiyat kasb etuvçi lingafon xonasi, fizika-matematika xonalari hamişa öquvçilar bilan gavjum. 2013-2014 öquv yilida fizika fani böyiça maktabning bir öquvçisi - Öktam Örolboyev "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçida 1-örinni, Respublika bosqiçida esa sovrinli örinni egalladi. Maktabning sobiq öquvçisi, fizik olim Ikromjon Tojiboyevning izdoşlari yetişib çiqayotganidan biz ham quvondik.
Maktabda kimyo-biologiya fani öqituvçilari tomonidan ötiladigan darslar sifatiga alohida eʼtibor berdik. Rahmatulla Artiqov, Nargiza Artiqova va Barnoxon Allaberganovalarning özaro tajriba almaşuv – "örgan-örgat” uslubiy dasturi asosida ötiladigan kimyo-biologiya fani darslari, oçiği, kuzatuvçi sifatida bizda ham qiziqiş uyğotdi. Ayniqsa, Nargiza Artikovaning biologiya darsini ötişdagi öziga xoslik – amaliy tajribalarni öquvçilarning mustaqil ravişda özlari olib borişlari, tabiat bağrida turfa ösimliklarning biologik xususiyatlarini kuzatib-örganiş va tahlil qilişlari yanada qiziqarli.
Maktabning sobiq öquvçisi, hozirgi kunda Çexiya Agrar Universiteti doktoranturasida tahsil olayotgan Hayitboy Ortiqov ham ana şunday dars jarayonlarida şakllangan bölsa ne ajab! Mazkur maktabni 2004-yilda tugatib, ÖzMUning biologiya-tuproqşunoslik fakultetiga şartnoma asosida öqişga kirgan Hayitboy Universitetning bakalavriat qismida öqiş jarayonida Universitet ilmiy jamoatçiligi nazariga tuşdi. Öqişni imtiyozli diplom bilan tugatgan Hayitboy Ortiqov 2008-yilda biologiya-tuproqşunoslik yönalişi böyiça magistraturada davlat granti asosida öqişni davom ettirdi. U ustozi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Töxtasin Abdurahmonov rahbarligida "Yerlarning qişloq xöjalik pestitsidlari bilan ifloslanişi va ularning atrof-muhitga zarari” mavzusida ilmiy izlanişlar olib bordi. Tirişqoq va izlanuvçan yoş mutaxassis 2010-2011 yillarda Universitetning biologiya-tuproqşunoslik kafedrasi qoşidagi davlat granti asosida tadqiqotlar olib boruvçi guruhda kiçik ilmiy xodim, keyinçalik şu kafedraga stajer-tadqiqotçi-izlanuvçi sifatida öqişga qabul qilindi.
- Bir kuni qaysidir tanlovda qatnaşmoqçi ekanligini aytib, qönğiroq qildi, - farzandining yutuqlaridan quvonib sözlaydi Hayitboy Ortiqovning otasi Rahmatulla oğa. – Onasi bilan ikkalamiz telefon orqali oq fotiha berdik.
Ota-ona duosimi yoki yuksak iqtidorimi, yoş ilmiy xodimga omad kulib boqdi. Hayitboy Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida hamkorlikda tuzilgan Orol dengizining qurişi va uning atrof-muhitga taʼsirining oldini olişga bağişlangan Yevropa Ittifoqi ERASMUS MUNDUS CASIA loyihasi granti uçun tanlovda ğolib böldi. U uşbu grant asosida Çexiya Respublikasining Praga şahridagi Çexiya Agrar Universitetiga 14 oylik doktoranturaga öqişga qabul qilindi. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida tuzilgan hamkorlik şartnomasining asosiy maqsadi - hamkor Universitetlar talabalari va ilmiy xodimlarining akademik tajriba almaşuvlarini taʼminlaş orqali Yevropaning rivojlangan ilm dargohlarida taʼlim olişlari uçun şaroitlar yaratiş va kelajakda yoş olimlar va professor öqituvçilarning ilmiy hamkorligini taʼminlaşdan iborat. Buni yaxşi bilgan hamyurtimiz, 28 yoşli yoş olim Hayitboy Ortiqov uşbu loyihada iştirok etmasidan ança oldin, talabalik davridayoq nemis va ingliz tillarini puxta örgandi. U hatto Buyuk Britaniya qirolligining Toşkent şahridagi konsulligi qoşida taşkil etilgan ingliz tilini test qiliş tizimidatest topşiriqlarini yuqori darajada bajarib IELTSning maxsus sertifikatiga ega böldi.
Biz 49-sonli maktabning sobiq öquvçisi, bölğusi biolog olim, Çexiya Agrar Universiteti doktoranti Hayitboy Ortiqov ulğaygan xonadonda bölib, uni dunyo yoşlari bilan bellaşiş, ilmda yuqori natijalarga erişiş darajasida tarbiyalagan ota-onasi bilan uçraşib, bu oiladagi öziga xos tarbiya muhiti bilan tanişdik. 49-sonli maktabda kimyo-biologiya fani öqituvçisi bölib işlovçi oila sohibi Rahmatulla oğa Ortiqovning oğir-bosiq, mulohazali insonligini körib, bolaligidan har lahza tabiat bağriga oşiqib turguvçi Hayitboyning nega aynan biologiya-tuproqşunoslik sohasini tanlaganini tuşunib yetganday böldik. Oddiy dehqon ayol Gulnora opa esa oddiygina qilib, onalik mehri bilan:
- Heç otasining yonidan çiqmas edi, - deydi kulib.
Hayitboy Ortiqovning 49-sonli maktabdagi sobiq ustozlari esa hozirgi kunda Çexiya AgrarUniversiteti bilan ÖzMU öratasida tuzilgan CASIA loyihasi granti böyiça ustozlari - çexiyalik olim Lyuboş Boruvka va ÖzMU dotsenti, professor Töxtasin Abdurahmonovlar rahbarligida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanişlar olib borayotgan Hayitboy Ortiqovning har bir yutuğiga şerik.
Biz ham yoş olim bilan telefon orqali boğlanganimizda u özi erişayotgan muvaffaqiyatlarning zamiri 49-sonli maktabda olgan tahsilda ekanligini, hayotidagi har bir yaxşilikda aziz ustozlari, qadrdon Amu elining nazarini his etib turişini taʼkidladi.
Xalqimizda: "böladigan bola yoşligidan maʼlum”. – degan ajoyib hikmat bor. Biz bobolar hikmatining hayotdagi ifodasini öz közimiz bilan kördik. Qayerda, deysizmi? Tumanimizning oddiy bir oilasida tuğilib, oddiy qişloq maktabida tahsil olib, bugun esa öz erişgan va erişayotgan muvaffaqiyatlari qanotida dunyo yoşlari bilan ilm-irfon tilida bellaşayotgan bölğusi fan doktori Hayitboy Ortiqov ulğaygan "Namuna” mahallasida! Bu mahallaning el-yurtga namuna bölayotgan 28 yoşli öğloni qiyofasida kördik. Havas qildik, azizlar!
Robiya YÖLDOŞEVA.
Suratda: H.Ortiqovning ota-onasi va yaqinlari.
(Foto - http://eurostudy.cz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶