ÖQUVÇILARNING YuTUQLARINI VA SAVODXONLGINI BAHOLAŞ
Hozirgi davrda uzluksiz taʼlim tizimida taşkil etiladigan öqitiş jarayonining samaradorligini oşiriş yuzasidan pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyğun ravişda foydalaniş muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, tabiiy fanlarni öqitişda juda asqotadi. Xususan, biologiya fanini öqitişda foydalaniladigan axborot texnologiyalari öquvçilarning hujayra, töqima kimyoviy elementlar, atom, molekulalarning tuzilişi, fotosintez, oqsillar biosintezi kabi jarayonlar haqida tasavvur qilişlari, xotirada saqlaş, imkonini kengaytiradi. Öquvçilarning motivlari va özlaştiriş darajasi eʼtiborga olingan holda örganiş va ularning bilim olişlaridagi böşliqlarni töldiriş imkonini beradi.
Har bir mavzuda körgazmalilikni amalga oşiriş, tabiatga sayohatlar uyuştiriş esa yanada foydali.
Bugungi kunda köpçilik davlatlar SMART – taʼlimni rivojlantirişga kirişdilar, SMART-texnologiyalar asosida zamonaviy taʼlim tizimini şakllantiriş orqali sifatli taʼlimga erişişdir.
Taʼlim jarayonidagi aqlli taʼlim kontseptsiyasi, SMART-doska, SMART-ekran va har qanday joydan internetga kiriş kabi texnologiyalarning paydo bölişiga olib keladi.
Ammo bu borada ota-onalar farzandlari olayotgan axborotlardan habardor bölib turişlari zarur. Öquv jarayonini nafaqat sinfda, balki uyda, muzeylar, kafelar jamoat joylari kabi istalgan joyda ham amalga oşiriş mumkin.
SMART-taʼlimning keng tarqalişi, birinçi navbatda, internet-texnologiyalarning rivojlanişi va ikkinçidan, internetda onlayn taʼlim resurslarining keng tarqalganligi bilan boğliq.
Xalqaro baxolaş dasturlari böyiça, xalqaro tadqiqotlarda Özbekiston Respublikasining iştirok etişiga tayyorgarlik köriş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqildi. Unga köra, öquvçilarning öqiş, matematika va tabiiy yönalişdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik köriş uçun mustaqil taʼlimni joriy etiş, xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş yuzasidan malakali öqituvçi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda öquvlar taşkil etiş kabilar belgilangan. Unga köra, PIRLS-boşlanğiç 4-sinf öquvçilarining matnni öqiş va tuşuniş darajasini baholaş, TIMMS-4 va 8-sinf öquvçilarining matematika va tabiiy yönalişdagi fanlardan özlaştiriş darajasini baholaş, PISA-15 yoşli öquvçilarning öqiş, matematika va tabiiy yönalişdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholaş imkonini beradi.
PISA – tadqiqotlarida öquvçilarning alohida fanlardan bilimi tekşirilmaydi. Balki hayotda zarur böladigan bilim va malakalarining holati örganiladi, öquvçilarning fanlararo kompententligi baholanadi. Uşbu topşiriqlar kompyuterda bajariladi. Test topşiriqlari tayyor javobli bölib ulardan töğrisi tanlanadi.
Javobsiz testlar ham böladi. Bularga öquvçi javob yozişi söraladi.
“Mulohaza yuritiş”ga oid topşiriqlar öquvçilarning mantiqiy va tizimli fikrlaş malakalarini aniqlaydi. Öquvçilar tabiiy fanlardan alohida organizmlar va obʼektlarning hususiyatlari, xodisa va jarayonlar, badiiy-ilmiy atamalar va ölçov birliklari haqidagi bilim darajasini namoyiş etişlari kerak.
Biologiya fanini öqitişda axborot texnologiyalarining salmoği katta, ilmiy dunyoqaraşni rivojlantiriş, tabiat va undagi obʼektlarni örganiş, tabiatni seviş, asrab-avaylaşga örgatadi.
Kelajak avlod tarbiyasi juda muhim. Şu bois, aziz ota-onalar! Qimmatli vaqtingizni farzandingizdan ayamang, qalbiga quloq soling. Uning ilmli, solih farzand bölib yetişuvida bilim va tarbiya berişingiz muhim. Qiyşiq ösgan daraxtni töğrilab bölmaganidek, tarbiyada yöl qöyilgan nuqsonni ham vaqt ötgaç, töğrilab bölmaydi.
Uyga berilgan vazifalarni birga tayyorlang, döstlari kim ekanligiga qiziqing. Vaqt ötib, qariganingizda yuqori ilm va salohiyatli farzandingizning rohatini körasiz.
Gavhar Abdullayeva, 42-sonli maktabning biologiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶