14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:08
Jamiyat 👁 3,086

ULUF AJDODLARIMIZNING MUNOSIB VORISLARIMIZ

ULUF AJDODLARIMIZNING MUNOSIB VORISLARIMIZ

Oradan necha asrlar oʻtsa-da dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulugʻbek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Mahmud Qoshgʻariy, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa alloma bobolarimizning ilm-fan, adabiyot sohasidagi qoldirgan bebaho merosi dunyo hamjamiyatini hamon lol qoldirmoqda, oʻqib oʻrganilmoqda, yangi-yangi kashfiyotlarga asos boʻlmoqda, yanada teran tadqiq etilib, zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun xizmat qilmoqda.

Ulugʻ bobolarimizning aqlu zakosi ila yaratilgan tadqiqotlarning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli beqiyosdir. Xususan, matematika, trigonometriya va geografiya fanlari asoschisi Al-Xorazmiy oʻnlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisini, qutblar koordinatalarini aniqladi va amaliyotga tatbiq etdi. Ahmad Fargʻoniy olamning tuzilishi, yerning oʻlchovi haqidagi ilk maʼlumotlarni aniqladi, yerning sharsimon koʻrinishda ekanligi xususida fikrlarni ilgari surdi. Beruniyilk bor Yerning sharsimon globusini yaratishga qoʻl urdi, radiusini hisoblab chiqdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qitʼa mavjudligi toʻgʻrisida farazlarni oʻrtaga tashladi. Ibn Sino bobomizning tibbiyot sohasidagi ilmiy kashfiyotlari hozir ham oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Ulugʻ ajdodlarimizning dunyo ilm fani, adabiyotiga qoʻshgan hissalari haqida oʻylaganingda ana shunday buyuk insonlarning avlodi ekanligingdan faxrlanib ketasan. Oradan ming yilcha vaqt oʻtsa-da jahon tsivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qoʻshgan sharq allomalarining, mutafakkirlarining ilm-fanning turli yoʻnalishlaridagi izlanishlari va tadqiqotlari oldida hamon hayratga tushamiz. Butun dunyo ilm ahli bu merosni oʻrganib, tadqiq etib, yangi-yangi kashfiyotlar uchun manbaa sifatida foydalanayotganidan koʻnglimiz iftixorga toʻladi. Ularning ilmiy merosi bugungi kunimiz uchun ham xizmat qilayotganidan quvonamiz.

Millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilayotgan noyob obidalari, boy tarixi, moviy gumbazlari bilan "Abadiy shahar” degan nom qozongan koʻhna va navqiron Samarqandda 16-may kuni "Oʻrta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi Yurtboshimiz I.Karimovning nutqini qiziqish va hayajon bilan tingladim.

Vatanimizda dunyomiqyosidagi bunday nufuzli anjumanning oʻtkazilishi har bir yurtdoshimizning qalbida faxr-iftixor uygʻotishi shubhasiz. Ulugʻ alloma bobolarimizning ilmiy merosi tadqiq etilishi, bunga dunyo olimlarining diqqatini qaratish – zamonaviy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshishiga, yangi-yangi kashfiyotlarga yoʻl ochib berishiga ishonaman. Qolaversa, bu ilmiy anjuman oʻrta asrlarda sharqda yashab oʻtgan alloma va mutafakkirlarning boqiy merosini tadqiq va targʻib etish hamda ommaga yetkazish yoʻlida zahmatli mehnat qilayotgan koʻp olimlarning mehnatini ragʻbatlantiradi, hamkorligini taʼminlaydi, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni izchil davom ettirishga chorlaydi. Anjumanda Yurtboshimizning soʻzlagan nutqini qayta-qayta oʻqib va tinglab, juda taʼsirlandim. Yosh avlodni ulugʻ mutafakkir bobolarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar xususidagi soʻzlari maʼruza bilan tanishgan hech bir xorijlikning diqqatini tortmay, havasini keltirmay qolmasligiga ishonaman.

Oʻzbekistonliklarning ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, adabiyotdagi bugungi erishayotgan yutuqlari aynan shu eʼtibor va imkoniyatlar natijasidir.

Men barcha yoshlarimizni ana shunday ulugʻ bobolarimizning munosib vorislari boʻlishga intilib, hayotda katta marralarni koʻzlab yashashga chaqiraman.

Mansur Oʻrozboyev,

"Kamolot" YoIH tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019