SOBIQ AFĞONÇI JANGÇILAR XIVAGA SAYoHAT QILDILAR
Afğon tuproğidan sobiq ittifoq qöşinlari olib çiqilganiga 32-yildan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, özbekistonliklar köngliga solgan jarohatlari hali bitgani yöq. Çunki sobiq ittifoq armiyasi safida 65 ming nafardan ziyod özbek öğlonlari ham afğon uruşida iştirok etgan, ularning 1500 nafari özga yurt tuproğida halok bölgan, ayrimlari nogiron bölib qaytganlar.
Hozirgi kunda tumanimizda 280 nafar sobiq afğonçi askarlar istiqomat qilişadi. Özbekiston Respublikasi “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlari birlaşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan ulardan doimo xabar olinib, ijtimoiy himoyalaş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Şu yilning 25-aprelida uşbu bölimning tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov boşçiligida tumanimizdagi bir guruh sobiq afğonçi jangçilar Xiva şahriga sayohatga borib keldilar. Sayohatni ular bino va inşootlari, aslida oçiq havodagi butun bir şahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyodagi bir neçta şahardan biri hisoblanmiş Xivaning içki qismi hisoblanmiş Içan-qalʼadan boşladilar. Insonni hayratda qoldiradigan ana şu meʼmorçilik muzeyi xalq ustalarimizning yuksak meʼmorçilik sanʼatiga ega bölganligidan dalolat beradi.
Içan qalʼaning maʼmuriy markazi – Juma masjidi XVIII asrning oxirida qayta qurilgan bölsa-da, şarqning klassik inşootlarining qator xususiyatlarini saqlab qolganligi sayohatçilarni öziga jalb etdi.
Eşiklar va panjaralari ajoyib öyma naqşlar bilan bezatilgan, hujralari öziga xos ikkitalik Muhammad Aminxon Madrasasi Xorazmdagi öquv muassasalari orasida eng köhnasi hisoblanadi. Xiva xoni Şerğozixon 1719-yilda Maşhadga muvaffaqiyatli safar qilganidan söng şu safari şarafiga bunyod etgan Şerğozixon Madrasasi, Içan qalʼaga kiriladigan 4 ta darvozalar, Pahlavon Mahmud maqbarasi ziyorati ham sayohatçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Xivaning diqqatga sazovor joylarida ular avval ham bölişgan. Biroq sobiq quroldoşlar bilan köklamning ayni iliq, yoqimli kunida bamaylixotir sayohat qiliş, xalqimizning zakiy, mahoratli hunarmand ustalari barpo etgan qadimiy inşootlarni keziş, bular haqda maroqli suhbat qurişning gaşti özgaça böldi.
Şu boisdan ham uşbu sayohatga homiylik qilgan tuman hokimligidan juda minnatdor böldilar.
Oradan neça-neça yillar ötsa-da, xotiralarini afğon uruşida çekkan jabr-sitamlari, bevaqt halok bölgan bergunoh döstlari yodi tark etmagan, navqiron yoşida uruş maydonida körganlari hamon tuşlariga kirib, ruhan ezilib yaşaydigan sobiq askarlar uçun sayohat çinakam xursandçilik baxş etdi. Ular tumanimizga qaytib kelar ekanlar, bugungiday dorilomon kunlarga, özlariga körsatilayotgan hurmat-eʼtiborga şukrona aytdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶