ÖQUVÇILARIMIZ “UMID NIHOLLARI – 2021” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIÇIDA ĞOLIB BÖLIŞDI
Muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportga juda katta eʼtibor qaratib, 2017-yil iyul oyida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş uçun Qaror qabul qilgan edi. Bu boradagi islohotlar samarasi natijasida yoşlarimiz sportning turli jabhalarida Özbekiston bayroğini baland kötarib, yurtimiz iqbolini, dovruğini tanitmoqda.
Yoş avlodning sportga bölgan qiziqişi avvalo maktab davridanoq boşlanadi. Jismoniy tayyorgarliklar maşğulotlar, fan tögaraklari işlariga ularning qiziqişlarini oşiriş jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga boğliq. Fan öqituvçilari öquvçilarning salomatligini muntazam oşirib borişi, jismoniy maşqlar qildirişi, sport bilan şuğullangan insonlar soğlom va baquvvat bölişini tuşuntirib borişlari kerak.
Bizning 73-sonli umumiy örta taʼlim maktabimizda sport tögaraklarida muntazam iş olib borilayotganligi sababli öquvçilarimiz “Umid nihollari – 2021” sport musobaqasining tuman bosqiçida öquvçilarimiz faxrli örinlarni egallab, maktabimiz sport şarafini munosib himoya qildi.
Kundalik maşqlar öquvçining salomatligini mustahkamlaydi, irodasini toblaydi, qiyinçiliklarni yenga oliş qobiliyatini rivojlantiradi. Ayni paytda mamlakatimizda nafaqat bolalar va ösmirlarning, balki butun xalqning ommaviy sport harakatiga jalb qilinayotgani, eʼtibor va qiziqiş ortayotgani quvonarli hol deb bilaman.
Amanboy BOBOJONOV, 73-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶