HAVO MILTIĞIDAN ÖQ OTIŞ BÖYIÇA SPORT MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Bugungi kunda yoşlarni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularning qalbiga Vatan himoyasi şarafli va muqaddas burç ekanligini çuqur singdiriş, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni örgatiş, yurtimiz mustaqilligi va ravnaqi yölida kuraşgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlaniş, ularga munosib böliş tuyğusini şakllantiriş, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga işonçini kuçaytiriş, Vatanimiz mudofaasi uçun xizmat qiliş har bir yigitning şarafli burçi ekanligini anglatiş yölida köpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Şuningdek, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qiliş, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalaniş malakasiga ega yoşlarni tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Çunki yurt manfaatlarini harbiy sohada ham, hayotning barça jabhalarida ham işonçli himoya qilişga qodir öğlonlarni voyaga yetkaziş bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Özbekiston Respublikasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining Amudaryo tuman öquv sport-texnika klubi ham uşbu şarafli vazifaning ado etilişiga munosib hissa qöşayotganlarning biri. Bu yerda yoşlarga turli rusumdagi avtomaşinalar haydaş, yöl harakati qoidalar puxta öqitilib, kasb-korli bölişi taʼminlanayotir.
Şuningdek, tumanimiz hududidagi umumiy örta taʼlim muassasalari çaqiriqqaça tayyorlaş fani öqituvçilari bilan hamkorlikda öquvçilar orasida turli harbiy-sport musobaqalari, boşlanğiç harbiy taʼlimga doir tanlovlar, musobaqalar muntazam ötkizib turilayapti.
Şu yilning 19-aprelida 13-sonli umumiy örta taʼlim maktabida havo miltiğidan öq otiş böyiça ötkazilgan musobaqa ham şularning biridir.
Musobaqa uçta bosqiçla ötkazildi. Dastlabki bosqiçda Özbekiston Respublikasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman öquv sport-texnika klubidan yöl olgan avtokarvon 13-sonli maktabga yetib bordi. Ikkinçi bosqiçda sport avtomobillari va havo miltiqlari öquvçi yoşlarga taniştirildi, işlatiş yöl-yöriqlari tuşuntirildi. Uşbu körgazmani öquvçilar qiziqib tomoşa qildilar va qismlari haqida maʼlumotga ega böldilar.
Uçinçi bosqiçda havo miltiğidan öq otiş sport musobaqasi bölib ötdi. Uşbu bosqiçda öquvçilarning möljalni aniq nişonga ola bilişi, ziyrakligi va havo miltiğini töğri qöllay olişi sinovdan ötkazildi.
Şunisi eʼtiborliki, tadbirning har bir bosqiçida öquvçilar juda katta qiziqiş bilan iştirok etdilar va ğoliblik uçun sidqidildan intildilar.
Musobaqa yakunida ğolib öquvçilari “Vatanparvar” taşkilotining tuman öquv sport-texnika klubi maʼmuriyati tomonidan Faxriy yorliqlar va sovğalar bilan taqdirlandi.
Tadbir öquvçi-yoşlar könglida Vatanimiz mudofaasiga xizmat qiliş şarafli burç ekanligini joyladi, boşlanğiç harbiy taʼlimni puxta egallaşga undadi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶