14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:39
Jamiyat 👁 218

YuRIDIK FAKTLARNI ANIQLASh BOʻYIChA IShLAR FUQAROLIK SUDLARIDA KOʻRILADI

YuRIDIK FAKTLARNI ANIQLASh BOʻYIChA IShLAR FUQAROLIK SUDLARIDA KOʻRILADI

Yuridik entsiklopediyaga koʻra, yuridik faktlar bu – qonunda nazarda tutilgan va muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan holatlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga koʻra, tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralish kabi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilish kerak. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish fuqarolik holati hujjatlarini yozish organlari tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish daftariga tegishli yozuvlarni kiritish hamda shu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ifodalanadi.

Oʻz navbatida mazkur fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish munosabatlari qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.  Shu bilan birga OʻzR Fuqarolik protseussal kodeksining tegishli moddalari bilan sud tomonidan koʻrib chiqiladigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar, bu xususida sudga ariza berish tartibi, arizaning va hal qiluv qarorining mazmuniga qoʻyiladigan talablar belgilab berilgan. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini chiqarish fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydi.

Mazkur qonunda koʻrsatilgan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlar roʻyxati tugal hisoblanmasdan, bulardan tashqari, sudlar – 1968-yil 1-oktyabrgacha tugʻilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik, otalik va otalikni qayd qilish, ixtironi joriy etish, taklifni ratsionalizator sifatida tavsiflash, binoga, avtomobilga va boshqa maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan mulkka egalik qilish, sugʻurta guvohnomasining tegishliligi, fuqaroni yoki uning ota-onasining Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilinganligi faktlarini ham aniqlashi mumkin.

Sud yuridik faktni aniqlash haqidagi arizani, agar qonunga koʻra bunday fakt arizachi uchun maʼlum yuridik oqibatlar keltirib chiqarsa, fakt sudga taalluqli huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal qilish bilan bogʻliq boʻlmasa, arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni hujjat bilan tasdiqlashning boshqa imkoniyatiga ega boʻlmasa, qonunchilikda ularni belgilashning oʻzgacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, koʻrishga qabul qiladi.

Hayotda shunday voqealar boʻladiki, fuqarolarimiz beparvolik, uzoqni koʻzlamaslik, qolaversa, huquqiy bilimlarining yetishmasligi sababli ayrim zarur boʻlgan, kelajakda huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan, inson hayotidagi uchraydigan tugʻilish, oʻlim va hokazo turdagi fuqarolik holatlarini qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda qayd qildirmay yashashda davom etadi.

Masalan, sudga fuqaro T.Teshayev ariza bilan murojaat qilgan. U oʻz arizasida tugʻishgan akalaridan birini, 1980-yilda tugʻilgan T.ning oʻlganlik faktini aniqlab berishni soʻragan. Aniqlanishicha, arizachining akasi T. 1990-yilda kasallanib, uyida vafot etgan. Lekin, oʻsha vaqtda marhumning qarindoshlarining eʼtiborsizligi tufayli ushbu holat tegishli tartibda qayd etilmasdan qolgan. Bugungi kunga kelib esa, arizachi T.Teshayev marhum otasi nomidagi meros uy-joyni oʻz nomiga rasmiylashtirmoqchi boʻlganida, davlat notarial idorasida undan marhum akasi T.ning oʻlganligini tasdiqlovchi huquqiy hujjat talab qilingan. Chunki, marhum T.ning tugʻilganligi tegishli tartibda qayd qilingan, ammo oʻlganligi qayd qilinmagan.

Mana shunday holatlar sarsonchilik, noqulayliklarga sabab boʻladi. Yuridik fakt hisoblangan har bir hujjat oʻz vaqtida qayd qilinsa, bunday holatlar bilan bogʻliq turli nizolarning oldi olinadi.

Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019