MEHNATGA MUNOSIB EʼTIROF
Jamiyatimizda mahalla tizimi rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan fidoyilarni rağbatlantiriş maqsadida taʼsis etilgan “Mahalla iftixori” kökrak nişoni bugungi kunda öz egalariga topşirilmoqda.
Hamişa elim, yurtim deb, xalq dardini öz dardidek körib, hayotini jamiyat rivojiga hissa qöşişga baxşida etib kelayotgan yurtdoşlarimizdan biri Xonimjon Rajabova ham mana şu mukofotga, yuksak eʼtirofga sazovor böldi. Uşbu mukofot ayni paytda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, şuningdek, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimida “Buvijonlar maktabi”ga raislik qilib kelayotgan el fidoyisiga Mahalla tizimi xodimlari kuniga bağişlab, Nukus şahrida ötkazilgan katta tadbirda tantanali ravişda topşirildi.
Asli mutaxassisligi jurnalist bölgan Xonimjon Rajabova uzoq yillar tuman matbuotida faoliyat körsatdi. Toşkent Davlat Universitetini 1979-yilda tugatib, tuman gazetasi tahririyatiga kelganida uni darhol maxsus muxbir vazifasiga işga qabul qilişdi. Işga çanqoq, sermahsul va qalami ötkir ijodkor sifatida elga tanila boşlagan yoş jurnalistni oz fursat içida tahririyatning qişloq xöjalik bölimiga mudir qilib tayinlaşdi. Mahoratli jurnalist tahririyatda madaniyat bölimi mudiri, masʼul kotiblikdan tortib, muharrirlikkaça bölgan vazifalarda jonbozlik körsatib, samarali mehnat qildi. Turli mavzularda qalam tebratib, xalq dardini, jamiyatdagi muammolarni yoritişga, şu orqali ularga yeçim topişga harakat qildi. Sermahsul ijodi, taşkilotçiligi, taşabbuskorligi bilan nafaqat tumanda, Qoraqalpoğiston, Özbekiston miqyosida ham malakali jurnalist, jamiyat va yurt fidoyisi sifatida elga tanildi.
Matbuot sohasida xizmat qilib, maʼnaviyatni tarğib qilişga munosib hissa qöşgani uçun uni 1995-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlaşdi. Jamiyat va xalq eʼtirofi bölgan uşbu unvon Xonimjon Rajabovani yanada köproq mehnat qilişga undadi.
1995-yilda yangidan joriy etilgan Amudaryo tuman xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga munosib körilgani unga yanada katta masʼuliyat yuklagani boisdan xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oşirişga doir işlarni hal etişga, ular örtasida yeçimini kutayotgan köplab muammolarga yeçim topişga bor imkoniyatini safarbar etdi. Har bir oilaga, xonadonga kirib borib, ayol-qizlarning dardini tinglagan, yillar davomida har birining taşvişiga yelka tutgan, yöl körsatib, turmuşiga fayz olib kirgan Xonimjon Rajabova katta-yu kiçikning hurmatiga sazovor böldi. Uşbu lavozimda 17-yil, matbuot sohasida esa 16-yil mehnat qilib, jonkuyarligi, xalqparvarligi, taşabbuskorligini körsatdi, köplab ezgu işlarni amalga oşirib, elda obrö qozondi.
Tinib-tinçimas Xonimjon opani mehnat nafaqasiga çiqqanidan keyin 2013-yilda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar markaziga direktor qilib tayinlaşdi. Taşkil qilinganiga hali unça köp bölmagan, yölga qöyilişi qiyin bölayotgan mazkur sohada ham Xonimjon Rajabova köp ter tökişiga töğri keldi. Dastlab işni markaz uçun ajratilgan bino va uning atrofini obododlaştirişdan boşladi. Maşğulotlar ötkaziladigan xonalarni, ulardagi mavjud inventarlarni tartibga keltirdi. Taşabbus körsatib, yangidan taʼmirlatişga, kerakli, zarur jihozlarni keltirişga, şaroitni yaxşilaşga harakat qildi.
Şundan söng, kadrlar salohiyatini, malakasini oşirişga, yoş avlod taʼlim-tarbiyasi borasida sifat darajasini, körsatkiçlarni yuqori kötarişga alohida eʼtibor qaratdi. Markazda tögarak turlarini köpaytirişga, ularga köplab bolajonlarni jalb etişga erişildi. Tögaraklarda mohir ustozlardan taʼlim olib, hunar örgangan yoşlar tuman, Qoraqalpoğiston, Özbekiston miqyosidagi turli körik-tanlovlarda iştirok etib, öz iqtidorlarini namoyiş etdilar va faxrli örinlar ğoliblari böldilar.
Markaz 2017-yilda Qoraqalpoğistonda eng namunali “Barkamol avlod” bolalar markazi deb topildi. Yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölidagi fidoyiligi uçun markaz direktori Xonimjon Rajabova 2019-yilda Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi unvoni bilan ham taqdirlandi.
2020-yildan “Barkamol avlod” bolalar maktabi sifatida faoliyat körsata boşlagan, ayni paytda obod va fayzli maskanga aylangan uşbu muassasada estrada-vokal, liboslar dizayni, mental arifmetika, kompyuter savodxonligi, aviamodel va avtomodel kabi 43 ta tögaraklarda 1 180 nafar bolalarga turli hunarlar örgatilmoqda.
Namunali oila sohibasi umr yöldoşi Safarboy Örozaliyev bilan 6 nafar farzandni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazişdi. Ayni damda u nafaqat 15 nafarga yetgan öz nevaralarining, balki butun amudaryolik bolajonlarning sevimli buvijoniga aylandi. Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining jamoatçilik asosidagi “Buvijonlar maktabi”da ham raislik qilib, yoş avlod tarbiyasiga hissa qöşayotgan Xonimjon Rajabovaning barça mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, “Mahalla iftixori” kökrak nişoniga munosib deb topildi.
Özini, hayotini, butun salohiyatini xalq xizmatiga bağişlagan, nafaqat mahalla, balki butun Amudaryo iftixoriga aylangan fidoyi ayol Xonimjon Rajabovani uşbu yuksak mukofot yanada köproq ezguliklar qilişga undaydi. El-yurt ravnaqiga, jamiyat rivojiga hissa qöşişdan aslo çarçamaydi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶