OChIQ SUD MAJLISIDA YOʻL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR ISh MUHOKAMA QILINDI
Yoʻl qoidasi – umr foydasidir. Har bir yoʻlovchi va haydovchi yoʻl harakati qoidalariga amal qilsa qanchadan-qancha falokatlarning oldi olinadi. Ammo, afsuski, oddiy ehtiyotkorlik qoidalariga har doim ham rioya etilavermaydi.
Fuqaro K.M. (ismlar oʻzgartirilgan) ham oʻz nomida boʻlmagan avtotransport vositasini ovullardan biridagi chekka hududga olib boruvchi yoʻlda boshqarib borayotib, harakat qoidalariga biroz eʼtiborsiz qaradi. U “Yoʻl harakati qoidalari”ning 12-bandi va 77-bandi talablarini buzib, ushbu yoʻlni shimoldan-janubga tomon boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotdi. Buning oqibatida avtomobil asfalt yoʻlning qarama-qarshi tomonidagi ariqqa tushib ketdi va yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Avtomobildagi 2 nafar yoʻlovchi esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Eʼtiborsizligi tufayli yoʻl-transport hodisasini sodir qilgan, yoʻlovchilarga yengil darajadagi tan jarohati yetishiga sababchi boʻlgan fuqaro K.M. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan ayblandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudda gumon qilinuvchi va jabrlanuvchilarning soʻzlari, prokurorning fikri tinglandi. Ish materiallari taqqoslanib, tekshirib chiqildi va gumon qilinuvchiga oid jinoyat ishi tomonilarning tegishli tartibda yarashganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶