Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati
2021-yil 21-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpoq hokimlari qayoqqa ğoyib bölişdi?” mavzusida videolavha tarqaldi.
Uşbu videolavhadagi holat joriy yilning 9-fevral kuni sodir bölgan bölib, YouTube’dagi kanalga ayrim ğaraz niyatdagi şaxslar buyurtmasiga köra, aholida hokimlikdan norozilik kayfiyatini uyğotiş maqsadida qaytadan montaj qilib joylangan.
Videolavhada bir guruh fuqarolarning Amudaryo tumani hokimligi binosiga kelib, Manğit dehqon bozori hududida savdo qilişlari uçun tösqinlik qilinayotganidan noroziligi, tuman hokimining iş xonasida yöqligi bayon qilingan.
Fuqarolar hokimlik binosiga kelgan vaqtda (9-fevral, seşanba kuni) tuman hokimi 82-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Sektor rahbarlari va yoşlar uçraşuvi” (http://amunews.uz/news/6396)da iştirok etayotgan bölgan.
Uçraşuv tugaganidan keyin hokim iş xonasiga kelib, tegişli mutasaddilar iştirokida murojaatçi ayollar bilan uçraşgan. Murojaat qilgan fuqarolarga bozor hududidagi piyodalar yuriş yölakçasida noqonuniy savdo faoliyatini amalga oşiriş yölovçilarning ötişlariga tösqinlik qilişi, qolaversa, tegişli hujjatlarsiz savdo qiliş qonunga zid holat ekanligi tuşuntirilgan.
Şuni aytiş kerakki, Manğit dehqon bozorida sotuvçilarning sanitariya normalariga amal qilgan savdo qilişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Sotuvçi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida joriy yil mart oyining birinçi yarmida 24x10 metr ölçamdagi 48-öringa möljallangan yangi bostirma (naves) qurilib, işga tuşirilgan.
Şuningdek, bozor hududidagi böş turgan 866 kvadrat metr maydon beton qilinib, uning ustiga 52x11,5 m ölçamdagi katta bostirma qurilmoqda. Bostirma işga tuşirilişi bilan 104 ta yangi savdo nuqtasi yaratiladi.
Murojaat qilgan fuqarolarga “Manğit dehqon bozori” MÇJ maʼmuriyati tomonidan tegişli savdo pavilonlaridan joy taklif qilingan.
Amudaryo tumani hokimligi jismoniy va yuridik şaxslardan bozor hududida sanitariya qoidalariga amal qilib, belgilangan rasta va dökonlarda savdo faoliyatini amalga oşirişni söraydi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶