NAVRÖZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AMUDARYo TUMANI HOKIMI S.YÖLDAŞEVNING TUMAN XALQIGA TABRIGI
Qadrli yurtdoşlar!
Biz orziqib kutgan bahor, yaşariş va yangilaniş ramzi bölgan Navrözi olam qutluğ qadami bilan ölkamizga kirib kelmoqda.
Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning körk-u ziynati bölib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yanada çeksiz quvonç va zavq bağişlamoqda. Navrözi olam xalqimiz, davlatimiz va jamiyatimiz hayotida alohida ahamiyatga ega bölib, eng qadimiy va navqiron ayyom sifatida katta şodiyona bilan nişonlanadi.
Uşbu ayyom bilan Sizlarni, Siz orqali butun tumanimiz ahlini çin qalbimdan samimiy muborakbod qilaman. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bölsin! Şarqona Yangi yilimiz – Navrözi olamning qadami qutluğ va barakali kelsin!
Navröz tilga olinişi bilan uluğ hazrat Alişer Navoiyning: “Har tuning qadr ölubon, har kuning bölsin Navröz!” degan gözal bir satrlari yodimizga tuşadi. Biz uşbu satrlarni nainki har galgi Navrözda, balki yilimizning har bir kunida tilga olamiz, ana şu ezgu tilak bilan yaşab, mehnat qilamiz. Neça ming yillik tarixga ega bölgan Navröz bayrami kunlarida bu ohorli satrlar yanada balandroq jaranglaydi.
Navröz kuni dalasiga uruğ soçgan dehqon, boğ-roğiga oro bergan boğbon, elga rizq-röz, röşnolik tilab, sumalakka uringan onaxonlar tilidan tuşmaydigan bu ezgu tilak xalqimiz tarixiy xotirasining, bebaho maʼnaviy davlatining betakrorligidan dalolatdir.
Ona zaminda yaşillaniş, yaşariş va yaşnatiş damlari boşlanayotir. Dillarda şukronalik tuyğusi bilan uluğ niyatlarga oşno yaşayotgan xalqimiz ötgan yilgi Navrözdan bu yilgi Navrözgaça sinovli damlarni boşidan keçirdi. Hamişa bağri keng, qalbi mehr-muhabbatga, samimiyatga töla xalqimiz koronavirus pandemiyasini ham sabr-matonati bilan yengib çiqişiga işonamiz. Sovid-19 bilan kuraşda neça yuzlab el-yurt fidoyilari – şifokorlar, sanʼatkorlar, davlat va jamoat arboblari, millat onalari erta vafot etdilar. Yöqotişlar, sinovlar qarşisida jasorat va matonat namunalarini körsatgan xalqimiz ming şukurki, yana Navrözga yetişdi.
Yurtimizning har bir göşasi bugun qutluğ va Yangi kun – Navröz taraddudida. Neça ming yillik tarixiy xotiralarni, boqiy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarni, milliy özlikni özida mujassam etgan Navröziy udumlardan maʼnaviy oziq olgan köp millatli xalqimizning hamjihatligi har bir qalbga xotirjamlik bağişlaydi.
Navröz kunlarida neça ming yillik anʼana va qadriyatlarimizni yangidan kaşf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz va bundan qalblarimiz ğurur va iftixorga töladi. Xayr-u saxovat, bağrikenglik kabi xislatlar bu ayyom çoğida yanada yaqqolroq namoyon böladi.
Keksalarning duosini oliş, yetim-yesirlarning boşini silaş, muhtoj va köngli yarim odamlarga beminnat yordam beriş kabi yuksak fazilatlar Navröz ayyomida yana bir bor öz tasdiğini topadi.
Bugun nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimizning har bir ovuli va mahallasida, har bir xonadonda Navröz bilan boğliq anʼanalar, bayramona tadbirlar boşlanib, bu tadbirlarda butun xalq iştirok etayotgani qalblarimizga quvonç bağişlaydi.
Qadrli yurtdoşlar!
Ötgan yilgi Navrözdan 2021-yil Navrözigaça tumanimizda namunaviy loyihalar asosida umumiy qiymati 6 mlrd. 593 mln. söm bölgan 2 ta köp qavatli, 48 ta xonadonli uy-joylar qurildi.
2021-yil “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da kelajak avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikning mantiqiy davomi sifatida namunaviy loyihalar asosida yana 3 ta köp qavatli 72 ta xonadonli uylar qurilişi va öz egalariga topşirilişi kutilmoqda.
Eng quvonarlisi, joriy yilda Amudaryo ustidan ötadigan temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigi quriliş işlari boşlab yuborildi. Yangidan qurilişi boşlangan uşbu köprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni taşkil qiladi va şu bilan bir qatorda 79 km. uzunlikda “Şovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraözak” temir yöl liniyasi barpo etiladi.
Aziz yurtdoşlar !
Tun va kun tenglaşgan uşbu damlardan boşlab Yangi kun – yangi yil boşlanadi. Oilasi, elu-yurtning rizqini öylab, qadrdon dalasiga yöl olayotgan zahmatkaş bobo dehqonlarimizning bahori boşlanadi.
Yilimiz qutluğ kelib, daryolarimiz suvga, xirmonlarimiz hosilga tölişini körmoq har birimizga nasib qilsin.
Muhtaram otaxon va onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Xalqimizning işonçi va tayançi bölgan navqiron yoşlar!
Sizlarni yana bir bor elimizga kirib kelayotgan Navrözi olam bilan çin qalbimdan tabriklayman. Navrözdan keyin boşlanajak şarqona yangi yilda har bir xonadonga, yurtimizga tinçlik-xotirjamlik, baxtu-saodat, obodlik va farovonlik yor bölsin!
Navrözi olam barçamizga muborak bölsin!
Cultonboy YÖLDAŞEV, Amudaryo tumani hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶