SUMALAK SAYLI BOLAJONLARGA JUDA MANZUR BOʻLDI
Shu yilning 18-martida Mangʻit shahrida joylashgan 5-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida “Oʻlkamda Navroʻz” deb nomlangan sumalak sayli tashkil etildi.
Muassasa pedagog xodimlari el-u yurtimizga omonlik, tinchlik tilab bugʻdoy undirib, ulkan doshqozonda Navroʻz ayyomi shoh taomi sumalak qaynatdilar. Shu barobarida bolajonlar shoʻx raqslar, qoʻshiqlar sheʼrlar ijro etishib, bahoriy tengkunlikni, baxtiyor bolalikni mahd etishdi. Bogʻcha opalari hamrohligida sumalak qaynatish jarayonini tomosha qildilar.

Bolajonlar sumalak taomi va Navroʻz bayrami haqidagi tarbiyachi opalarining hikoyalarini juda berilib tingladilar.
Xalqimizning uzoq tarixga ega milliy bayrami Navroʻzi olam munosabati bilan tashkillashtirilgan sumalak sayli bolajonlarga juda manzur boʻldi.
X.Urazmetova, shu tashkilot rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶