Korruptsiyaga qarşi kuraşişda aholining huquqiy savodxonligini oşiriş juda muhim
Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni jamiyatda tenglik, adolat, işonç tamoyillarining ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiliş bilan birga, mansabdor şaxslarning öz mansabi yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy va nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalaniş borasidagi xatti-harakatlariga çek qöyiş, har qanday suisteʼmolçiliklarga barham berişga xizmat qiluvçi juda muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Uşbu Qonunning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, fuqarolar ongida korruptsiya deb atalgan jirkanç illatga nisbatan murosasizlik tuyğularini uyğotiş, ularning qonunlarimizga bölgan işonçlarini mustahkamlaş, huquqiy savodxonligini oşiriş, korruptsiyaga qarşi kuraşişda aholining iştirokini taʼminlaşda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, ayniqsa, sudlarning roli muhim ahamiyatga ega. Muxbirimiz Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi Asqar Safarovga aynan ana şu xususda bir neça savollar bilan murojaat qildi. Quyida ana şu suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz.
— Assalomu alaykum, tahririyatimizga taşrifingiz uçun rahmat. Avvalo korruptsiya haqida gazetxonlarimiz uçun oddiy, xalqona tilda tuşunça bersangiz.
— Xuşvaqt böling, taklif uçun tahririyatga ham rahmat. Oddiy qilib aytadigan bölsak, biror şaxsning noqonuniy ravişda öz lavozimidan boylik orttiriş maqsadida foydalanişi yoki bunday nafni lavozimdagi şaxsga taqdim etişi korruptsiya hisoblanadi. Bundan taşqari, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunga köra, pora oliş yoki beriş, lavozimini suisteʼmol qiliş, mansab vakolatidan çetga çiqiş, köp miqdorda davlat mulkini özlaştiriş, rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş, taʼmagirlik, taniş-bilişçilik, uruğ-aymoqçilik qiliş kabi şaxsiy manfaat yölida boşqa noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etiş holatlari korruptsion holat sifatida malakalanadi va bunga jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
— Korruptsiyaning tarixiy ildizlaridan kelib çiqib, bugungi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, hatto madaniy-maʼnaviy zararlari qay darajada biri-biridan farq qiladi, korruptsion holatlar asosan qaysi sohalarda köproq uçraydi?
— Insoniyat paydo bölgan davrlardan boşlab bu illat xalqlar, millatlar, davlatlarni içdan yemiruvçi kuç sifatida insoniyat bilan birga yaşab kelmoqda. Şuning uçun bu illatning tarixiy ildizlariga çuqur kirib ötirmaylik-da, uning jamiyat taraqqiyotiga zararlari xususida söz yuritsak. Qadim zamonlarda qabila vakillarining öz sardorlariga sovğa-salomlar berişi, biror bir mavqega erişiş uçun pora taklif etişi, amaldorlarning manmanlik bilan qöl ostidagi xodimlaridan taʼmagirlik orqali biron bir moddiyat talab qilişi kabi holatlar öşa davr jamiyatlari tomonidan keskin qoralangan. Agar buni bugungi davr bilan taqriban talqin qiladigan bölsak, korruptsiya ham, korruptsioner ham davrga mos ravişda “yangilangan”.
Masalan, daromadlarning notengligi, iş haqining pastligi, iqtisodiy tizimning zaifligi mavjud bölgan yerda odamlarda qöşimça daromad manbalarini, kambağallar örtasidagi farq esa köpçilik hollarda öz moddiy ahvolini yaxşilaş uçun “aylanma yöllar”ni izlaşga moyillik uyğotadi. Agar mamlakatda iqtisodiy tizim zaif, resurslar tanqis bölsa, korruptsiya “resurslarni taqsimlaş” usuliga aylanadi. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib aytişim mumkinki, mamlakatimizda ayniqsa, soğliqni saqlaş, taʼlim tizimlari, ijtimoiy xizmat körsatiş sohalarida korruptsiyaviy holatlar köproq kuzatilmoqda. Asosan, OTMlarga öqişga kiritiş, taʼlim va soğliqni saqlaş sohalariga işga joylaştiriş bilan boğliq holatlar, şuningdek, ijtimoiy xizmatlar körsatişdagi notenglik poraxörlik, taʼmagirlik, tovlamaçilik, firibgarlik illatlarining ildiz otişiga sabab bölmoqda.
— Aholining bu boradagi xabardorligini oşirişda nimalarga eʼtibor beriş kerak?
— Aholi birinçi galda korruptsiyaning siyosiy-maʼmuriy sabablari xususidagi huquqiy bilimga ega bölişi zarur va şart. Aholi qaysi sabablarga köra korruptsion harakatlarning qurboni bölayapti? Bu haqdagi savodxonligini oşirmas ekan, inson davlat institutlarining zaifligidan foydalangan firibgarning hiylasiga ham, poraxörning tuzoğiga ham tuşaveradi.
Şuning uçun aholi korruptsiyani keltirib çiqaruvçi siyosiy-maʼmuriy, madaniy-ijtimoiy sabablarni albatta bilişi kerak. Bu sabablar davlat organlari faoliyatida şaffoflik yetişmasligi, samarali nazoratning, idora va taşkilotlarda avtomatlaştirilgan tizimlarning yöqligi fuqarolarning davlat organlari faoliyati haqida kerakli maʼlumotlarni olaolmasligi kabi holatlarda namoyon böladi va bu sabablar suisteʼmolliklarga, yaşirin korruptsiyaga olib keladi.
Yana bir sabab ham borki, korruptsiyaga jazo muqarrarligining yöqligi aholining qonunlarga bölgan işonçini susaytiradi. Yaʼni, agar korruptsiyaga qöl urgan şaxsning qonunbuzarligi foş bölmasa, bunday şaxs javobgarlikka tortilmasa, bu jazosizlik hissini paydo qiladi va korruptsiyaning kengayişiga olib keluvçi sabablardan biri sanaladi.
Aholi ana şu sabablarning jamiyatimizda urçib ketmasligi uçun özining huquqiy savodxonligini oşirib borişi, korruptsiyaga qarşi kuraşişda murosasizlik bilan harakat qilişi jamiyatni korruptsiyadan tozalaşda faol iştirokçiga aylanişi zarur.
— Aholi örtasida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini uyğotişda eng taʼsirçan vositalar nimalardan iborat?
— Albatta huquqiy-tarğibot, huquqşunoslar bilan samimiy va oşkora muloqot tadbirlari, xalq bilan davlatning özaro birligi va oçiqligi, davlat va xalq diplomatiyasining şaffofligi, elektron hukumat va raqamli texnologiyalar orqali byurokratiya va inson omilini kamaytirişga erişiş. Şuningdek, “Oçiq byudjet” va “Oçiq maʼlumotlar” kabi platformalar, “Korruptsiyaga qarşi dasturlar va strategiyalar”, “Korruptsiyaga qarşi milliy strategiya”da belgilangan javobgarlik va jazoni kuçaytiriş, jamoatçilik nazorati va fuqarolik jamiyati rolini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar böyiça ötkaziladigan tarğibot tadbirlari aholining korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Muhimi, har bir fuqaro korruptsiyaga qarşi kuraşişda özini burçli deb bilişi, maboda, şunday illat sodir bölişining xavfini sezsa, heç ikkilanmay işonç telefonlari orqali vakolatli organlarni xabardor qilişi zarur. Bu haqda xabar qiluvçining şaxsi heç qaçon oşkor qilinmaydi va u davlat himoyasida böladi.
Korruptsiya — jamiyat taraqqiyotining eng xavfli kuşandasi. Unga qarşi kuraşiş esa umummilliy harakatdir. Uşbu kuraşda men fidoyi va mehnatkaş xalqimizni birlaşişga, hamjihatlik bilan bu jirkanç illatga qarşi murosasiz bölişga çaqiraman.
— Sermazmun suhbatingiz uçun rahmat, salomat böling.
Suhbatni Robiya Yöldoşeva yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶