14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:06
Maqolalar 👁 237

ENG TEJAMKOR OILA

ENG TEJAMKOR OILA

(Hajviya)

“Beshterak” mahallasida “Eng tejamkor oila” nomli tanlov oʻtkazildi. Alohida komissiya aʼzolari uch guruhga boʻlingan holda kecha-yu kunduz yurib, navbatma-navbat kuzatuvlar olib borishdi. Barcha diqqat-eʼtibor elektr energiyasini tejashga qaratildi.

Nihoyat tanlov natijalari eʼlon qilinadigan kun ham yetib keldi. Bu majlisga mahalla ahli toʻliq qatnashdi.

– Hurmatli mahalladoshlar, – deb tantanali ravishda soʻz boshladi mahalla oqsoqoli – mana, tanlov nihoyasiga yetdi. Hozir kuzatuv olib borgan har uchala guruh rahbarlariga navbati bilan soʻz beramiz. Ular oʻz kuzatuvlari natijalarini bayon qilishadi. Soʻz birinchi guruh rahbariga!

Birinchi guruh rahbari tomonidan diqqatga sazovor deb topilgan oila aʼzolari umuman gazeta-jurnal oʻqimas, televizorda koʻrsatilayotgan voqea-hodisalarga ishonmaganligidan umuman televizor ham koʻrmas ekanlar.

– Demak, – xulosa qildi u, – birinchi oʻringa shu oila munosib!

Nomi zikr etilgan oila aʼzolari quvonchdan bir qalqib tushishdi. Axir har ishda ham bir hikmat bor-da! Kunduz uy ishlari bilan ovora boʻlsa, kechasi tok ketkazib, gazeta-jurnal oʻqimasa, televizor koʻrmasa, nima boʻlibdi, mana nomi yaxshilar qatorida chiqib turibdi.

– Gʻoliblikka bizning tomonimizdan koʻrsatilajak oila munosib, – dedi ikkinchi guruh boshligʻi biroz kerilib, – bu oila aʼzolari mana bir yarim oydan beri uylariga tortilgan elektr simlari uzilganiga eʼtibor bermay, elektrsiz oʻtirishibdi. Agarda elektr tarmoqlari idorasidan montyorlar  oʻzlari kelib ulab ketishmaganida haliyam elektrni tejab oʻtirishgan boʻlardi. Ana tejamkorlik!

Uchinchi guruh aʼzolari esa barchani hayratda qoldirib, bosh sovrin Madi piyonning oilasiga berilishi kerakligini taʼkidlashdi. Ular Madi piyonning uyida shu oʻtgan ikki oy davomida biror marta ham elektr chirogʻi yonmaganligini bir ogʻizdan tasdiqlashdi.

Xullas, uzoq tortishuvlardan keyin bosh sovringa Madi piyon ega chiqdi.

Xotini arazlab, uch oy burun onasinikiga ketib qolganiga xafa boʻlib, kecha-yu kunduz ichib, uyiga ham kelmay, duch kelgan joyda yotib yurgan Madi piyonning quvonchi cheksiz edi. Axir uning shu hayot tarzi tanlovning qatʼiy talabiga toʻliq javob bergan edi.

Yigʻilganlar tanlov natijasidan norozi boʻlishib, gʻala-gʻovur koʻtarishdi.

– Xafa boʻlmanglar, – deya ularni yupatdi mahalla oqsoqoli, – yaqinda “Eng jim-jit oila”, “Qoʻshnisi bilan urishmaydigan oila” tanlovlarini oʻtkazamiz, oʻshanda sizlar ham, albatta, gʻolib boʻlasizlar!

Yigʻilganlar bosh sovrinni olib gandiraklaganicha ketayotgan Madi piyonga hadik bilan qarab qoʻyishdi. Ularning qarashlarida “bu ketishda navbatdagi sovrinni ham shu egallamasa edi”, degan xavotir bor edi.

Axir xotinsiz uyda na shovqin-suron, na qoʻshni bilan janjal boʻlmasligi barchaga ayon-ku!

Madi piyon esa dunyo tashvishlaridan bexabar, parvoyi-palak ketib borardi...

Oʻrozali REYIMOV.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019