IŞÇI GURUH TOMONIDAN MUHTOJ AYoLLARGA HUQUQIY YoRDAM KÖRSATILDI
Joriy yilning 26-fevral kunida Prezidentimiz raisligida “Xotin-qizlarning muammolarini hal qiliş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş” masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida prokuratura organlariga huquqiy yordam olişga muhtoj va zöravonlikka uçragan xotin-qizlarga huquqiy yordam körsatiş çoralarini körib boriş topşirilgan edi. Şu munosabat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining tegişli farmoyişi qabul qilindi.
Farmoyişga asosan prokuratura organlarining tezkor xodimlaridan, yaʼni ayol-qizlardan iborat işçi guruhlar tuzildi. Işçi guruhga huquqiy yordamga muhtoj, zöravonlikka uçragan xotin-qizlarga huquqiy yordam körsatiş va boşqa masalalarda ham kömak beriş kabi vazifalar topşirildi. Ayni paytda işçi guruh tomonidan hududlarga çiqqan holda uşbu vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida ayol-qizlar bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Şu yil 11-mart kuni Respublika prokurorining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi G.Bekniyazova rahbarligidagi mazkur işçi guruh aʼzolari tumanimizga ham taşrif buyurib, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosida tegişli masʼullar va ayol-qizlar bilan uçraşuv taşkil etişdi. Işçi guruh tomonidan Farmon ijrosining Amudaryo tumanidagi ijro etiliş holatini örganildi.
Örganiş mobaynida tumanda xotin-qizlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bölgan ayollarga manzilli yordam körsatiş, xotin-qizlarning maʼlum bir toifasi bilan yakka tartibda işlaş kabi masalalar masʼullar iştirokida atrofliça tahlil qilindi. Şuningdek, ayol-qizlarning davlat va jamiyat işlarini boşqarişdagi iştirokini kengaytiriş, mahallalarda oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan, turmuş şaroiti oğir xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar holati bilan ham tanişildi.
Şundan söng, işçi guruh rahbari, Respublika prokurorining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi G.Bekniyazova ayol-qizlar bilan oçiq muloqot tarzida suhbat ötkazdi. Suhbat çoğida dastlab xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, bilim va kasbiy könikmalar egallab munosib iş topişlariga kömaklaşiş, salomatligini saqlaş, uy-joy masalalarini hal etiş borasida tizimli işlar olib borilayotgani haqida söz yuritdi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qiliş, tikuvçilik, hunarmandçilik, kasanaçilik, parrandaçilik va ekin maydonlaridan yer ajratiş orqali ularning bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş çoralari körilayotganini taʼkidladi.
Undan taşqari, tadbirkor böliş istagini bildirgan “Ayollar daftari”dagi ayol-qizlar biznes va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş yölga qöyilayotganini, tadbirkorlikni yölga qöyişlari uçun tijorat banklari tomonidan kredit mablağlari yönaltirilayotganini maʼlum qildi. Bu borada ayol-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berib, yöl-yöriq körsatib ötdi.

Tadbir davomida tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 12 nafar huquqiy yordam olişga muhtoj va zöravonlikka uçragan xotin-qizlarning muammolari örganildi. Örganiş davomida aniqlangan muammolarga joyida yeçim topilib, ijobiy hal qilinişi taʼminlandi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶