TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI BOŞLAŞ ISTAGIDA BÖLGAN YoŞLARGA MASTER-KLASS ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari huzuridagi faol tadbirkorlar, huquqşunoslar va tadbirkorlarning boşqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi samarali faoliyat olib bormoqda.
Joriy yilning 10-mart kuni Döstlik mahallasidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida Amudaryo tumanidagi Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi huzuridagi Tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi tomonidan yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş, ularga tadbirkorlik sohasi sir-asrorlarini örgatiş böyiça master-klass taşkil etildi.
Tadbirda Tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi K.Yeşmanov hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritdi. Yoşlarni iş bilan taʼminlaşda ularning iqtisodiy mustaqillikka erişişlari va hayotda öz örinlarini topib ketişlarida kiçik biznes va tadbirkorlik sohasining örni, özini özi band etiş, bugungi kunda aholini, ayniqsa, yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş, xususan, ularning biznes ğoyalarini amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar haqida tuşunçalar berdi.
Tadbirda iştirok etgan yoşlar özlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Ularga tadbirkorlar va Jamoatçilik kengaşi aʼzolari batafsil javoblar berdilar. Ötkazilgan tadbir yoşlarning tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va istaklarini röyobga çiqarişlarida muhim asos bölib xizmat qiladi.
M.Örozboyev, tumandagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶