“EL EʼTIROFI – MEN UÇUN BAXT”
Bobur ovulida tuğilib ösgan Luiza Yangiboyeva umr böyi tibbiy punktda feldşer bölib işlasa-da, ovuldoşlari “Töliboy döxtir” deya hurmat bilan tilga oladigan, ehtiyoj tuğilganida yarim keçalari ham eşik qoqib kelgandan yordamini ayamaydigan, elga qilgan xizmatidan heç oğrinmaydigan otasiga öxşaşni orzu qilib, tibbiyot sohasiga qadam qöydi. Maktabni tugatgaç, Andijon tibbiyot bilim yurtining akuşerlik bölimiga öqişga kirdi. Bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib, Andijon şahar tuğruq kompleksida akuşerka bölib işlay boşladi.
Öşa yillar uning tanlagan kasbining masʼuliyatini teran anglab yetgan, akuşerlik mahoratini oşirişi yölida muhim davr bölib qoldi hayotida. Tuğruq jarayoniga har bir ayolni qabul qilgan vaqtida doim onasining “ayol bolasini jonini xatarga qöyib, ikki dunyo oraliğida turib dunyoga keltiradi, ularga qölingdan kelganiça yordam bersang, şirin sözing bilan tasalli bersang, savob böladi”, degan sözlari quloqlarida yangrardi.
Ota-onasidan olisda, ular soğinçi bilan yaşab yurgan qiz butun mehrini közi yoriyotgan ayollarga körsatar, tölğoq azobi ham ayol uçun baxt ekanligini, hademay farzandini bağriga olişini aytib, ularni yupatar, tasalli berardi.
1999-yilning iyulida tumanimizga qaytib, 2005-yilgaça tuman Tibbiyot birlaşmasining tuğruqxona bölimida katta doya bölib, 2015-2018-yillarda homilador ayollar patologiyasi bölimida hamşira bölib işladi. 2018-yildan hozirgi kungaça tuman Tibbiyot birlaşmasining katta hamşirasi bölib işlab kelmoqda.
Öz kasbiga masʼuliyati, mehri uni doimo jamoasida obrö-eʼtiborli qilib kelmoqda.
– Odam öz faoliyatidan qoniqsa, kasbida ixlos bilan işlasa, çarçamaydi, – deydi Luiza Yangiboyeva kulib. – Aksinça, vaqt ötişini sanab, bu işni ertaga qilsam ham bölar deb, yo qöl uçida işlagan odam doim horğin yuradi. Bizning sohada ikkinçi darajali işning özi yöq.
Luiza öz işiga ana şunday yondoşgani uçun ham işlab çarçamaydi. Işdan kelib oilasida farzandlari tarbiyasi bilan şuğullanadi, öqişlarini, xulqini nazorat qiladi, mol boqib oilasida qöşimça daromad manbai yaratilişiga, tomorqa yerida oilasi ehtiyojiga zarur mahsulotlar yetiştirilişiga kömaklaşadi.
Bugun u baxtli oila sohibasi. Turmuş örtoği bilan hamjihatlikda voyaga yetkazayotgan farzandlari orzu-intilişlariga qanot. Tönğiçi Eldor xorijiy oliygohning, qizi Iroda esa tibbiyot oliygohi talabalari. Kiçkinasi esa hali maktab öquvçisi.
Oliy toifali hamşira Luiza Yangiboyeva öz faoliyatida hamkasblarining, odamlarning eʼtiroflaridan ruhiy quvvat olib, ğayrat-şijoat bilan işlaşga, örta tibbiyot xodimlariga odilona munosabatda bölib, mehnatlarini munosib baholab, kamçiliklarini öz vaqtida bartaraf etişiga kömaklaşişga intiladi. Buni özi uçun ulkan baxt deb hisoblaydi.
Yurtimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nişonlanayotgan uşbu sururli damlarda öz kasbining fidoyisi bölgan Luizaxonni ham bayram bilan qutlab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶