Odam savdosi – xavfli illat
Maʼlumki, mamlakatimizda shaxs maʼnaviyatini yuksaltirish, uning dunyoqarashini shakllantirish, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash, huquqiy madaniyatni oʻstirish kabi masalalarga alohida eʼtibor bilan qarab kelinmoqda.
Shu bilan birgalikda ayni paytda global xavf-xatarlardan biri bu odam savdosi boʻlib, u jahon miqyosida ham eng katta muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Chunki BMT maʼlumotlariga koʻra har yili dunyoda 3 mln.ga yaqin insonlar odam sadosiga uchramoqda. Demak, bu raqamning oʻziyoq bu illatning naqadarxavfliligidan, tobora avj olib borayotganidan dalolat beradi.
Biz ham oʻz mahallamizda ushbu illatning oldini olish uchun koʻplab amaliy ishlarni qilmoqdamiz. Avvalo amaliy seminar, ochiq muloqotlar oʻtkazib, mahalladoshlarimizni odam savdosining zararli oqibatlaridan ogoh etmoqdamiz. Koʻchalar, taʼlim muassasalarida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha DVD disklarini namoyish qilib, bu haqda fuqarolar bilan muloqotlar qilib, ular orasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdamiz. Shunday boʻlishiga qaramasdan ayrim firibgar shaxslarning aldoviga uchib, mazkur jinoyatdan jabr koʻrgan insonlar ham uchrab turadi. Bunday insonlarga tegishli tashkilotlar tomonidan huquqiy, maʼnaviy hamda psixologik yordam koʻrsatilmoqda, insoniy huquqlari tiklanmoqda.
Odam savdosiga qarshi kurash aslida hammamizning insoniy burchimizdir. Buning uchun har bir fuqaroda huquqiy madaniyat shakllangan boʻlishi kerak. Ana shundagina bu xavfli illatning ildiziga bolta uriladi.
Farrux Yeshniyozov,
"Yangiobod” MFY "Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi sardori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶