Jayxun ilhomlari
TELEFON QURSIN
Muqimiy ustozdan şunday söz qolgan:
Şaldiroq, bemaza “aroba qursin”.
Zamonlar özgardi, noliş özgardi,
Telefon, “aroba” barobar qursin!
Avtobus, maşina yo boşqa ulov,
Yoningdan joy olsa, betamiz birov
Köz-köz qilib qölga oladi darrov.
Betamiz qöldagi telefon qursin!
Aytmoqçi gapini qisqaroq qilib,
Ötirsa qaniydi, izzatin bilib.
Soatlab vaysaydi baqirib, kulib,
Befahm qöldagi telefon qursin!
Mayli, telefon ham kerak aslida,
Lekin işlatsa-da kerak faslida.
Jonni egovlaydi asab qasdida,
Bemaqsad qöldagi telefon qursin!
Telefon simlarin quloqqa ilib,
Dunyoda özini yagona bilib.
Yurişar hayotin xatarli qilib,
Maqtançoq qöldagi telefon qursin!
Telefon oddiy mulk, maqtanmoq neçun,
Bezor bölgaç dedim: telefon qursin.
Bir zum şirin suhbat, xuşxabar uçun,
Yoningda doimo telefon tursin.
Örozali REYIMOV.
ÖTINÇ
Beş kun ötmay soğinib öz-özimdan.
Şoşib borar edim uyimiz tomon.
Meni körib nur yoğardi yuzidan,
Bağringizga boş qöyardim, Onajon.
Şunda jussangizni quçib ötirib,
Yurakkinam quvvat olardi göyo.
Bugun şu lazzatdan mahrumman, afsus,
Meni undan ayirdi yolğonçi dunyo...
Yuzim yuvmay turing, aççiq yoşlarim,
Yuragim tökayin oppoq qoğozga.
Bir dam kutib turing, dunyo işlari,
Dardim yozib olay mayli birozga.
Yana soğinaman, qömsayveraman,
Lekin qayerdasiz, munisim – onam?
Yiğlamay, deyman-u yiğlayveraman,
Qanisiz, qanisiz, yagonaginam?
Men kimning bağriga boşimni qöyib,
Bolalik tuyğusin qayta sezaman?
Yurakdagi qaynoq mehriga çömib,
Hayot dengizida erkin suzaman.
Hasadgöy kimsalar zimdan toş otib,
Nogoh dilginamni qilsa yarolar.
Döstman, deb yurganlar ketsalar sotib,
Kim meni asraydi qilib duolar?
Sizsiz hayotni heç anglayolmasdim,
Botinmasdim bunday öylaşga hatto.
Oh bugun... Men bugun şu kunni kördim,
Qanday yaşayapman, o, Qodir Xudo?
Gulday gözal qilib inson könglini,
Metindan qilibsan lekin bardoşin.
Ezilib-ezilib yiğlaysan gohi,
Oldingda burçing köp, kötarib boşing.
Yana kelajakka ezgu maqsadlar,
Orzularing uçun taşlaysan qadam.
Könglingni oğritar ayriliq, dardlar,
Sen bardoş topasan, borasan bardam.
Mehringizni qömsab yaşaymiz har dam,
Sizni soğinamiz toki tanda jon.
Qadringizni nurga töldiray, Egam,
Joyingiz jannatda bölgay, Onajon.
Umr ötib borar toşqin, beşafqat,
Osiy bölsam keçir, o, buyuk Tangrim.
Mayli, men könaman, ötinçim faqat,
Faqat jannatdan qil Onamning örnin.
Manzura SULTONOVA,
44-sonli maktab öqituvçisi.
BOBUR MONOLOGI
Ey, çarxi dun, ne savdolar solding mening boşima,
Şodliklarim ğarq bölmişdir közdan oqqan yoşima,
Öz döstlarim oğu solmiş fitna birlan oşima,
Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmişdur.
Taqdir hukmi Hind soriğa qildi meni ravona,
Özga elda şohdurman men, ğulomlarim parvona,
Lek dilimning dardlariga topolmamdur heç çora,
Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmişdur.
Otajonim ot çoptirgan qir-adirlar qaydadur,
Onajonim alla aytgan hur manzillar qaydadur,
Birga-birga öynab-ösgan qadrdonlar qaydadur,
Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmişdur.
Vatanimning tuproğini közga surtsam qaniydi,
Buzrukvorim izlarini tavof qilsam qaniydi,
Qadrdonlar ruxsorini bir bor körsam qaniydi,
Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmişdur.
Ey,çarxi dun, ne savdolar solding mening boşima...
Şirin ÖROZIMBETOVA,
6-sonli maktabning ona tili va
adabiyot fani öqituvçisi.
Yangi yil arafasidagi öylarim
Kirib keldi yangi yil,
Quvonçlarga töldi dil.
Farzandlar quvonçidan,
Şodlanib ketdi köngil.
Uy törida bezanib,
Nur soçadi arçamiz.
Arçamizni bezaşga,
Urinibmiz barçamiz.
Yangi yil keldi debon,
Şod, xursand bölganda dil.
Nahot bir kun ötdi deb,
Qalqib ketdi bu köngil.
Ortda qoldi eski yil,
Deb quvonib yuramiz.
Lek umrdan bir kunning,
Ötganini bilmaymiz.
Hayot varaqlaridan,
Bir kun bugun yirtildi.
Endi esa umrdan,
Ayting, neça kun qoldi?
Buni bizlar bilmaymiz,
Qodir Alloh biladi.
Soatning soniyasi,
Hamon olğa yuradi.
Qança umr körsak ham,
Inson bölib yurgaymiz.
Ötar vaqtda dunyodan,
Iymon bilan ketgaymiz.
El-yurtimiz, döstlarim,
Yaxşi inson, degaylar.
Yaxşi amallarimni,
Aytib-aytib yurgaylar.
Yomon edi, demakdan,
Alloh özi asrasin.
Tilagim, yurtdoşlarim,
Qodir egam qöllasin.
Gulçehra OTABOYeVA.
KET, DEDING...
Ket, deding, ketdim ortga qaramay,
Nimaga yana sen izlayverasan?
Döstlarim aytdiki, menga sezdirmay,
Ortimdan soyadek yurgan emişsan.
Seni unutmoqqa yetarmi umrim,
Tolening yuborgan bizga hukmi bu.
Qaniydi, men seni baxtli qilolsam,
Yagona tilagim, muhabbatim şu!
Qalbimning törida ardoqlab keldim,
Senga bölgan sevgim – muhabbatimni.
Közingning yoşlarin artsa-da qölim,
Bir ilinj içida bedor yaşadim...
Raʼno AVAZMURODOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
BAHOR KELDI
Yerdagi muzlar erib,
Gul-maysalar oçilib.
Dilga quvonçlar tölib,
Elimga bahor keldi.
Çavandozlar çopib ot,
Çiqdi uloq öyinga.
Tirilganday Kayqubod,
Köngil töldi qöşiqqa.
Odamlar birgalaşib,
Haşarlarga çiqişdi,
Bolalar quvonişib,
Gul tergani çiqişdi.
Jazira BOZORBOYeVA,
3-sonli maktab öquvçisi.
BAHOR
Qorlar erib, tabiat.
Özgartirar libosin.
Elçi bölib boyçeçak,
Taratadi, iforin.
Quşçalar çuğurlaşib.
Ajib qöşiq kuylaydi.
Gulga qönib arilar.
Asal yiğib yayraydi.
Mavj urib oqar yana,
Muzlari erib anhor.
Ölkamga esa takror,
Hukmron bölar bahor!
Zarnigor RAJABOVA.
Köksimdagi yurak
Siğmay borayotir köksimga yurak,
Tipirlab, köklarga uçmoqçi quşday.
Ötgan kunlarimni eslaş ne kerak?
Eslasam, barçasi bir yomon tuşday!
Siğmay borayotir köksimga yurak,
Ovçidan çöçigan bir asov quşday.
Moziydan qörqmoqlik, balki, ne kerak?
Hayotim sahfasi bitta hovuçday!
Siğmay borayotir köksimga yurak,
Köklarga uçmoqni istar, köklarga.
Keksaygan yurakka parvoz ne kerak?
Hademay bir kuni köçar yöqlarga!
Siğmay borayotir köksimga yurak,
Tipirlab, nenidir qilar iltijo.
Bu yoği ilhomni jamlamoq kerak,
Yurak tuğyonlari şeʼrlarimda jo!
Siğmay borayotir köksimga yurak,
Şeʼr bilan xumorim bosilar nahot.
Yozaman, yozaman, menga şu kerak,
Şeʼrsiz yaşolmaydi dunyoda Farhod!
Farhod Avaz, Namuna MFY.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶