SEKTORLAR KESIMIDA “SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaŞA!” ŞIORI OSTIDA MAHALLALARARO SPORT MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Şu kunlarda tumandagi barça fuqarolar yiğinlari örtasida sektorlar kesimida “Sportni sev, sport bilan yaşa!” şiori ostida 9 yönalişda sport musobaqalari ötkazilmoqda.
Tuman sport bölimi bilan birgalikda rejaviy jadval asosida 11-18-fevral kunlari hududiy bosqiçlar va 22-27-fevral kunlari esa tuman bosqiçi ötkazilişi belgilandi. Bu musobaqalarda barça yoşdagi qiziquvçilar, yaʼni 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan yurtdoşlarimiz iştirok qilişlari mumkinligi aytilib, barça hududlardagi aholiga yetkazildi.
Joriy yilning 11-fevral kuni sportning şaşka va şahmat turi böyiça 4 ta sektor hududidagi mahallalar örtasida musobaqaning hududiy bosqiçi ötkazildi. Musobaqa har ikkala tur böyiça ham 1-sektordan Oybek nomli MFY, 2-sektordan Farovon MFY, 3-sektordan Durunki MFY, 4-sektordan ham har ikkila tur böyiça Qangli OFY jamoalari ğoliblikni qölga kiritişib, tuman bosqiçiga yöllanma oldilar.
12-fevral kuni esa sportning mini futbol turi böyiça 4 ta sektor hududidagi mahallalar örtasida musobaqaning hududiy bosqiçi ötkazildi. Musobaqa yakunida 1-sektordan Tölqin OFY, 2-sektordan Xolimbeg OFY, 3-sektordan Kuyuk köpir OFY, 4-sektordan Çordara MFY jamoalari ğolib bölişib, tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi.
13-fevral sanasida sportning voleybol turi böyiça 4 ta sektor hududidagi mahallalar örtasida özaro hududiy bosqiç bellaşuvlari ötkazildi. Qizğin va döstona vaziyatda ötgan musobaqalar yakunida 1-sektordan öğil bolalar örtasida Daryo böyi MFY, qizlar örtasida Tölqin OFY, 2-sektordan öğil bolalar örtasida Farovon MFY, qizlar örtasida Xizr eli MFY, 3-sektordan öğil bolalar örtasida Kuyuk köpir OFY, 4-sektordan Çordara MFY jamoalari ğolib bölişib, tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi.
15-fevral kuni sportning basketbol turi böyiça 4 ta sektor hududidagi mahallalar örtasida özaro hududiy bosqiç musobaqalari yanada qiziqarli böldi. Unda 1-sektordan öğil bolalar va qizlar örtasida Tölqin OFY, 2-sektordan öğil bolalar örtasida Arna böyi MFY, qizlar örtasida Xizr eli MFY, 3-sektordan öğil bolalar örtasida Oq oltin OFY, qizlar örtasida Kuyuk köpir OFY, 4-sektordan öğil bolalar va qizlar örtasida Namuna MFY jamoalari ğoliblikni qölga kirişib, tuman bosqiçiga yöllanma oldilar.
16-fevral kuni sportning stol tennisi turi böyiça hududiy bosqiç musobaqalari ötkazildi. Musobaqa yakuniga köra, 1-sektordan öğil bolalar örtasida Tölqin OFY, qizlar örtasida Qipçoq OFY, 2-sektordan öğil bolalar örtasida Yangiobod MFY, qizlar örtasida Arna böyi MFY, 3-sektordan öğil bolalar va qizlar örtasida Boy ovul MFY, 4-sektordan öğil bolalar va qizlar örtasida Navoiy MFY jamoalari ğolib bölişdi va tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi.

Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, sektorlar kesimida ötkazilgan mazkur sport musobaqalarida Çoyköl, Qiliçboy, Dörman, A.Temur nomli, Xitoy, Bözyop, Toşyop, Örta qalʼa, Bobur nomli, Nazarxon OFYlari, Jumurtov va Qipçoq ŞFYlarida sport-soğlomlaştiriş işlari qoniqarsiz ekanligi maʼlum böldi. Şuningdek, A.Navoiy nomli, Boyovul, Yangiobod, Namuna, Xizr eli, Arna böyi, Daryo böyi, Farovon, Çordara, Durunki kabi mahalla fuqarolar yiğinlaridan taşqari barça MFY va ŞFYlarda aholini sport-soğlomlaştiriş işlariga jalb etiş, ayniqsa, yoşlar, bolalar sportini rivojlantirişga eʼtibor sustligi ayon böldi. Çunki yuqorida nomlari qayd etilgan OFY va MFYlardan taşqari, nomlari tilga olinmagan mahallalar vakillari bölib ötgan musobaqalarda iştirok etişmadi va iştirok etganlari esa biron bir natijaga erişmadilar. Bu açinarli hol, albatta.
Lekin şuni mamnuniyat bilan taʼkidlaş joizki, 1-sektor hududidagi Tölqin OFY sportçilari musobaqalarning barça yönalişlarida ğoliblik şohsupasidan joy olişib, musobaqa iştirokçilarining olqişlariga sazovor bölişdi.
Bölib ötgan musobaqalar bolalar va yoşlar hamda kattalar, şuningdek, oilaviy sportçilar safini yanada oşiriş, aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶