ÖZBEKISTON ÇEMPIONATI ĞOLIB VA SOVRINDORLARI TANTANALI KUTIB OLINDI
Mamlakatimizda aholisi, ayniqsa yoşlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişini taʼminlaş orqali ularning jismonan soğlom, faol bölişiga erişişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu orqali ularga soğlom turmuş tarziga intiliş va sportga qiziqiş singdiriladi.
Tumanimizda şu maqsadlarga xizmat qiluvçi sport soğlomlaştiriş maydonçalari qurilib, jihozlanayapti.
Tumandagi Bolalar-ösmirlar sport maktabida tumanimizning 1494 nafar sportsevar öğil-qizlari 20 ta sport turi böyiça maşğulotlarda qatnaşib, mahoratini oşirişga muvaffaq bölişayapti. Ular joriy yilning ötgan davrida Özbekiston çempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumuş, 3 ta bronza medallarini qölga kiritişdi. Şuğullanuvçilarga 59 nafar tajribali murabbiylar maşğulotlarni qunt bilan olib borişmoqda.
Sport maktab rahbariyati va murabbiylari saʼy-harakatlari natijasida yoş sportçilar yutuqlari tobora köpaymoqda.

Şu yilning 19-20-fevral kunlari Toşkent şahrida kattalar va yoşlar örtasida sportning özbek jang sanʼati böyiça ötkazilgan Özbekiston çempionati tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi şuğullanuvçilari uçun omadli keldi.
Ustozlari va ota-onalarining duolarini olib, tumanimiz sport şarafini himoya qilişga otlangan Qutlimurod Pirimbetov, Mahmudjon Safarboyevlarning şogirdlari çempionatda yorqin ğalabalarni qölga kiritdilar.
Tumanimizdagi 69-sonli umumiy örta taʼlim maktabi öquvçilari bölgan sport maktabning özbek jang sanʼati guruhi aʼzolaridan 10-11 yoşli qizlar orasida 33 kilogramm vazn toifasida Lolagul Tozaboyeva ikkinçi, 12-13 yoşli qizlar örtasida 45 kilogramm vazn toifasida Hilola Tursunboyeva birinçi örinni, 43 kilogram vazn toifasida Kumuşoy Otajonova ikkinçi örinni, 14-15 yoşli qizlar örtasida 50 kilogramm vazn toifasida Sevinçoy Nurimbetova uçinçi örinni egallab, çempionat şohsupasiga kötarildilar. Yoruğ yuz bilan qaytgan Özbekiston çempionati ğolib va sovrindorlari 23-fevral kuni tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabida tantanali kutib olindi.
Sovrindorlar şarafiga sport maktabida tantanali yiğiliş bölib ötdi. Tantanada tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev, maktab direktori Çorşam Tojimurodovlar sportçi qizlarni qizğin qutlab, kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor bölişini tiladilar.
Albatta, har qanday yutuq – mehnat mahsuli. Şuğullanuvçi qizlarni şu darajaga yetkazgan murabbiylar xizmati ham alohida eʼtirof etildi.
Şundan keyin tadbir sportçi qizlar taʼlim olayotgan 69-sonli umumiy örta taʼlim maktabida davom etdi. Barça öqituvçilar, öquvçilar ularni kuy-qöşiqlar sadosi ostida, olqişlar bilan qarşi oldilar.
Maktab direktori Dilşod Boboniyozov ğoliblarni qizğin qutlab, murabbiylariga, ota-onalariga çuqur minnatdorçilik bildirdi. Ustozlar, döstlar tabriklaridan quvongan çempionat ğolibi va sovrindorlari kelgusida bundan-da nufuzli musobaqalarda tumanimiz sport şarafini munosib himoya qilişga söz berdilar.
Sportçilarga körsatilgan hurmat-ehtirom köpgina öquvçilar könglida havas, sport bilan şuğullanişga rağbat uyğotdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶