25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 12:15
Jamiyat 👁 261

“OBOD QIShLOQ” DAVLAT DASTURI DOIRASIDA XITOY OVULI YaNADA KOʻRKAM QIYoFA KASB ETADI

“OBOD QIShLOQ” DAVLAT DASTURI  DOIRASIDA XITOY OVULI YaNADA KOʻRKAM QIYoFA KASB ETADI

Xalqimizning turmush sharoiti, yashash muhiti yaxshilangan sari hayotdan rozi va farovon, baxtiyor yashaydi. Shu bois, xalq farovonligini oshirish, har bir insonning davlatdan rozi yashashini taʼminlash maqsadida  Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimixda  keng miqyosli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, soʻnggi ikki yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mamlakatimizning turli hududlarida, jami 1116 ta qishloq va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 27-iyundagi “Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonlari hamda 2020-yil 30-dekabr kungi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida  tumanimizda ham “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Jumurtov shaharchasi va Xitoy ovuli hududlarida aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unga koʻra, faqat Xitoy ovulining oʻzida ijtimoiy  soha obʼektlaridan 2-sonli umumtaʼlim maktabi binosida 5 mlrd 908 mln. soʻmlik, 45-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida 3 mlrd 360 mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash hamda Xitoy ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ovul hududidagi infratuzilma obʼektlari holatini yaxshilash, buning uchun 5,95 km. uzunlikdagi ichki koʻcha yoʻllarini hamda ovulni boshqa hududlar bilan tutashtiruvchi Kuyuk koʻpir - Xitoy ovullari avtomobil yoʻllarini taʼmirlashga alohida eʼtibor qaratilib, avtomobil va ichki koʻcha yoʻllarini taʼmirlash maqsadlari uchun 1190 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Hududdagi avtomobil yoʻllari boʻyiga 1,1 km. uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasini yangidan qurish uchun 275 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

“Obod qishloq” dasturi doirasida hududdagi avtomobil yoʻllari boʻyiga  81 mln. soʻm mablagʻ hisobiga 35 ta tungi koʻcha yoritish chiroqlari oʻrnatilib, ovul hududidagi 35 ta tayanch ustunlarni rekonstruktsiya qilish va 19,5 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Ichimlik suv taʼminotini yaʼshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, hudud aholisiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida Xitoy qishlogʻi hududiga 2 ta tozalangan suv tarqatish shoxobchasini yangidan tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, ushbu shoxobchalar ishga tushirilgach, ovul aholisini toza ichimlik suvi bilan muntazam taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, infratuzilma obʼektlarini obodonlashtirish ishlari ham amalga oshiriladi. Unga koʻra, ovul hududidagi yakka tartibdagi turar joylar holatini yaxshilash boʻyicha 45 ta uylarning tom qismini taʼmirlash, 115 ta uylarning fasad qismini, 12 ta uyning darvozaxonalari holatini yaxshilash, 45 ta ihota devorlarini yangidan qurish va 22 tasini taʼmirlash rejalashtirilmoqda. Hududda koʻkalamzor maydonlarni kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi va yangidan daraxtzorlar, gulzorlar tashkil etish rejaga kiritilgan.

Milioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish evaziga hududda dehqonchilik madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun ovul hududidagi 3 km. uzunlikdagi melioratsiya tarmoqlari rekonstruktsiya qilinadi. Shuningdek, aholi tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 8 ta savdo majmualarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Davlat dasturi doirasidagi ushbu rejalar amalga oshirilgach, Xitoy ovul fuqarolar yigʻini hududi obod goʻshaga aylanib, aholining turmush farovonligi yanada yuksaladi. Bu esa hudud aholisining yangi marralar sari intilib yashashlarida muhim omil boʻlishi tabiiy.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026