NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN ADABIY-BADIIY KEChA OʻTKAZILDI
Jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodini oʻrganish, ularning insonparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish va shu orqali ularda adabiyotga qiziqishi, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha taʼlim maskanlarida ulugʻ bobokalonimiz tavalludining 580 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar, adabiy kechalar oʻtkazilmoqda.
8-fevral kuni 1-sonli maktabda ham Alisher Navoiyning tavalludiga bagʻishlab “Navoiy – barhayot siymo” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Kechada maktab oʻquvchilari tadbirni Navoiy bobomizning gʻazal va ruboiylari, dostonlaridan parchalar bilan davom ettirishdi. Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan bobokalonimiz hayoti aks etgan sahna koʻrinishlarini ham barcha zavq bilan tomosha qildi. Maktab oʻquvchilari tadbirda ulugʻ ajdodimizga boʻlgan chuqur ehtiromini namoyon etdilar.
Maktabdagi Navoiy tavalludiga bagʻishlangan tadbirlar 6-“A” sinfdagi ochiq oʻquv mashgʻulotlari bilan davom ettirildi. Fan oʻqituvchisi Dilnoza Ibrohimova darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtirdi. Darsda shoirning hayoti va ijodi haqida oʻquvchilarga keng va qiziqarli maʼlumotlar berilib, oʻquvchilarning bilimlari kengaytirildi. Oʻquvchilar ham oʻz navbatida bobokalonning gʻazallari, ruboyilari, dostonlaridan parchalarni ifodali tarzda yod aytib berishdi. Ulugʻ ajdodimiz, mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu ochiq oʻquv mashgʻulotida kuzatuvchi sifatida qatnashgan tuman Xalq taʼlimi boʻlimi uslubchisi Oʻtkir Matmurodov va maktaboʻqituvchilari darsni ijobiy baholashdi.
Ulugʻ adib ijodiga oid qiziqarli maʼruza, tadbir davomida ijro etilgan sahna koʻrinishlari, mushoira, bahru bayt hamda ochiq oʻquv mashgʻuloti maktab oʻquvchilarining bilimlarini oshirib, ong-u tafakkurini, maʼnaviyatini yuksaltirdi. Ular qalbida tariximizga, milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat, vatanparvarlik tuygʻulari yanada mustahkamlandi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶