VOLEYBOL BÖYIÇA ÖSMIRLAR ÖRTASIDA MUSOBAQA ÖTKAZILDI
Bugungi kunda yoş avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişiga ulkan ğamxörliklar qilinmoqda, zamon talablariga mos şart-şaroitlar yaratilmoqda. Ularning sport turlari bilan muntazam şuğullanişi orqali öz irodasi, kuçi, imkoniyatlariga bölgan işonçini oşiriş, mardlik, vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş, yoşlar orasidan iqtidorlilarini saralab oliş işlari tizimli ravişda olib borilmoqda. Barça hududlarda yoşlar orasida sport turlari böyiça turli musobaqalar ötkazilib, ğoliblar moddiy-maʼnaviy rağbatlantirilişi yölga qöyilgani ham sport ommaviyligiga erişişda muhim omil bölayotir.
Bu borada tumanimizda ham muayyan saʼy-harakatlar amalga oşirilayapti. Xususan joriy yilning 8-fevral kuni tumanimiz umumtaʼlim muassasalari öquvçilarining 2005-2006-yillarda tuğilgan ösmirlar va qizlar örtasida sportning voleybol turidan Özbekiston «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman hududiy bölinmasi birinçiligi ötkazildi. Musobaqa tuman Xalq taʼlimi bölimi hamda tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi bilan hamkorlikda ötkazildi.
Musobaqani tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev oçib berdi va öquvçilarga omad tiladi.
Musobaqa qizlar örtasida 16-sonli umumiy örta taʼlim muassasasining, öğil bolalar örtasida esa 30-sonli umumiy örta taʼlim muassasasining sport zalida ötkazildi. Musobaqada jami 252 nafar öquvçilar iştirok qildilar. Şundan 126 nafari qizlardir.
Musobaqa qizğin kuraşlar ostida ötdi. Axir kim ham musobaqa ğolibi bölişni, tengdoşlaridan kuçli ekanligini isbotlaşni istamaydi, deysiz. Voleybol sport musobaqasining Nizomida belgilanganidek, har bir jamoa 9 nafar öğil va qizlar, jami 18 nafar öquvçilardan iborat böldi. Jamoalar özaro kuç sinaşib, öz epçilliklari va çaqqonliklarini, abjirliklarini namoyiş etdilar. Öquvçilar biri-biridan ortda qolmaslikka intilib, ğoliblik uçun harakat qildilar. Musobaqa yakunida qizlar örtasida 1-örinni 6-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi, 2-örinni 19-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilar jamoasi va 3-örinni esa 41-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilar jamoasi, ösmirlar örtasida 1-örinni 5-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi, 2-örinni 6-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi va 3-örinni esa 67-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoalari egalladilar. 1-örinni egallagan 5-, 6-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoalari musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Voleybol sport musobaqasining tuman bosqiçida ğolib bölgan sportçi öquvçilar Özbekiston «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Amudaryo tumani hududiy bölinmasi tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Öziga xos sport bayrami tusini olgan musobaqa barça iştirokçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi, ğoliblik uçun muntazam maşğulotlar olib boriş, öz kuçiga işonç tuyğusini uyğotdi.
Biz musobaqaning keyingi bosqiçiga yöl olgan jamoalarga ğoliblik şarafi nasib etaversin, deya tilab qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶