BOLA HUQUQLARI - QONUN HIMOYaSIDA
Dunyoda heç bir xalq yöqki, öz kelajagi davomçilarining buguni va ertasi xususida jon koyitmasa.
Har birimiz yoş avlod taqdiri, farzandlarimizning baxtiyor va farovon kelajagini öylab yaşaymiz. Murğaklarning közlari kulib tursa, nuridiydalarimiz baxt-iqboli bardavom bölsa, deymiz.
Istiqlol yillarida davlatimiz inson huquqlari, xususan bola huquqlariga oid köplab xalqaro bitimlarni imzoladi. Jumladan, "Bola huquqlari töğrisida”gi Konventsiya, "Bolalarni omon asraş, himoya qiliş va kamol toptirişni taʼminlaş töğrisida”gi Umumjahon deklaratsiyasi, "Bolalarni boşqa mamlakatga öğirlab olib ketişning fuqarolik jihatlari töğrisida”gi Gaaga Konventsiyasining ratifikatsiya qilingani yurtimizda bolalar manfaatlarini himoya qiliş davlat siyosati darajasiga kötarilganining yorqin dalilidir.
Avvalo "voyaga yetmagan”, "yoş bola” tuşunçalariga töxtalib ötişimiz joiz. "Bola huquqlari töğrisida”gi Konventsiyaning 1-moddasiga muvofiq: "18 yoşga tölmagan har bir inson zoti, agar muayyan bolaga nisbatan qöllaniladigan Qonun böyiça u ertaroq voyaga yetmagan bölsa, bola hisoblanadi”.
Jamiyat voyaga yetmaganlarning jismoniy, aqliy, axloqiy, maʼnaviy barkamol, ijtimoiy jihatdan soğlom rivojlanişi uçun barça şaroitlarni yaratib berişi zarur.
"Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ning 25-moddasida: "Onalik va bolalik alohida ğamxörlik va yordam huquqini beradi. Barça bolalar nikohda va nikohsiz tuğilganidan qatʼiy nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan foydalanişi kerak”, - deya taʼkidlangan.
Şuningdek, BMTning "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisida”gi Xalqaro Paktida barça bolalar va ösmirlarga heç bir kamsitişsiz, oilaviy kelib çiqişi yoki boşqa belgilaridan qatʼiy nazar, alohida himoya çoralari va yordam körsatilişi şartligi mustahkamlangan.
Konstitutsiyamizning 64-moddasiga köra: "Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni, ota-onasining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya faoliyatlarini rağbatlantiradi”, - deb belgilab qöyilgan.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uning ota-onasi, ota-onasining örnini bosuvçi şaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Maʼlumki, bolani ilm olişga, kasb-hunar egallaşga yönaltiriş bugungi kunning eng muhim vazifasidir. Xususan, Özbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonunining 23-moddasida şunday deyiladi: "Har bir bola bilim oliş huquqiga ega. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy örta taʼlim, şuningdek, örta maxsus kasb-hunar taʼlimi olişini kafolatlaydi”.
"Soğlom bola yili” Davlat dasturida avvalo, soğlom naslni kamol toptiriş, onalar va bolalar soğligini muhofaza qiliş, soğlom bola tuğilişi, uni tarbiyalaş masalalari böyiça aholi örtasida tuşuntiriş işlarini avj oldiriş orqali soğlom avlodni şakllantiriş borasidagi çora-tadbirlarni yanada kuçaytiriş, yoşlarda soğlom va ahil oila qurişga intiliş iştiyoqini şakllantiriş nazarda tutilgan.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş lozimki, bolalar manfaatlarini töliq taʼminlaş va soğlom avlodni şakllantiriş bilan boğliq işlar kölamini kengaytiriş hamda samaradorligini taʼminlaş aniq belgilangan rejalarni taqozo etadi. Şundagina Prezidentimiz taʼkidlaganidek, farzandlarimizning bizdan köra kuçli, bilimli, dono va albatta baxtli bölişiga erişamiz.
Zulxumor Boltaboyeva, tuman FHDYo bölimi noziri.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶