ÖQUV-SEMINARDA VOYaGA YeTMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING OLDINI OLIŞ YuZASIDAN TUŞUNÇALAR BERILDI
Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda suriştiruv işlarida yöl qöyilayotgan kamçiliklar, faoliyatni yanada yaxşilaş borasidagi vazifalarni belgilab oliş maqsadida tuman Içki işlar bölimida bu böyiça tasdiqlangan dasturga muvofiq ötkazilayotgan öquv-seminarlar davom etmoqda. Öquv-seminarda içki işlar xodimlari sohaga oid milliy qonunçilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati, ularni amalga oşiriş mexanizmlari, davlat va nodavlat taşkilotlar, fuqarolar yiğinlari bilan özaro hamkorlikni töğri taşkil etiş yöllarini örganib, tuşunçalarini kengaytirişmoqda.
8-fevral kuni tuman Içki işlar bölimining majlislar zalida rejaga muvofiq “Voyaga yetmaganlar işlari böyiça idoralararo komissiyasi tomonidan maʼmuriy işlarni körilişida suriştiruv organlari tomonidan yöl qöyilayotgan kamçiliklar, suriştiruv sifatini oşiriş böyiça takliflar, voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarligi uçun javobgarligi böyiça tuşunça” mavzusida navbatdagi öquv-seminar ötkazildi. Öquv-seminarda Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo komissiya masʼul kotibi J.Xolmurodov hamda tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosarlari iştirok etdilar.
Uşbu öquv-seminarda Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo komissiya masʼul kotibi J.Xolmurodov mamlakatda barkamol avlodni tarbiyalaş borasida amalga oşirilayotgan kompleks dasturlar doirasida voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini oliş borasida maqsadli tadbirlar ötkazib kelinayotganligini eʼtirof etdi. Şuningdek, “Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarligini profilaktika qiladigan idora va muassasalarning bu boradagi masʼuliyatini kuçaytiriş, bolalarning ğayriijtimoiy xulq-atvorini erta aniqlaş va bartaraf etiş borasidagi tadbirlar samaradorligini yanada yaxşilaş imkonini berayotganligini qayd etib ötdi.
Şu bilan birga, voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilişining oldini oliş, ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini şakllantiriş, ijtimoiy xavfli ahvolda bölgan bolalar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qiliş borasidagi işlarni taşkil etişdagi baʼzi nuqsonlarni tuzatiş lozimligini taʼkidladi. Şuningdek, bolalarning huquqlarini himoya qiliş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş bilan boğliq dolzarb muammolarni hal qiliş, yöl qöyilayotgan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va uşbu masalada özaro hamkorlikni mustahkamlaş zarurligini aytib ötdi.
Öquv-seminar yakunida mavzu yuzasidan tinglovçilar bilan savol-javob ötkazilib, tuşunçalar yanada mustahkamlandi.
Sultonbek Jarilkaganov, tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶