OLIY MAJLIS QONUNÇILIK PALATASI DEPUTATINING AMUDARYoLIK YoŞLAR BILAN UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Uluğ maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “Bu dunyo kuraş maydonidir. Soğlom tan, ötkir aql va yaxşi axloq bu maydon qurolidir”, degan sözlari bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotgani yöq. Şu boisdan ham ösib kelayotgan yoş avlodning çuqur ilm olişi, ularning ijodiy salohiyati va iqtidorini namoyiş qilişlariga şaroit yaratiş, globallaşuv şaroitidagi xavf-xatarlarga va mafkuraviy xurujlarga mustahkam immunitetni şakllantiriş, hayotga qatʼiy işonçga ega qilib tarbiyalaşga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş yuzasidan Yurtboşimiz belgilab bergan beşta muhim taşabbus doirasida eʼtiborga arzigulik işlar amalga oşirilayotir.
Muhtaram Prezidentimiz Farmoni bilan “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturining qabul qilinişi yoşlar hayotida muhim özgarişlarga asos bölişi şubhasiz.
Dasturda ijtimoiy sohani rivojlantiriş va yoşlarni qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar hamda muhim vazifalar belgilab berilgan.
Şu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari özlari saylangan hududlarda bölişib, belgilab berilgan vazifalarning joylarda ijrosini taʼminlaşga hissa qöşiş, yoşlar orzu-intilişlarini tinglaş, muammolariga yeçim topiş maqsadida yoşlar bilan uçraşuvlar ötkazişmoqda.
2-fevral kuni Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 4-Amudaryo saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasidan saylangan deputat Zumrad Bekatova tumanimiz yoşlari bilan uçraşdi va samimiy suhbatlaşdi.
Uçraşuv yiğilişiga tumanimizning turli sohalarda mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan va mehnat bilan band bölmagan 120 nafardan ziyod yoşlari iştirok etdilar.
Uçraşuvni Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletov oçdi. Sözga çiqqan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimi tubdan isloh qilinib, takomillaştirilayotgani, yoşlarga eʼtibor kun sayin kuçaytirilayotganini aytib ötdi.
Xususan, joriy yildan boşlab oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti joriy etiladi. Ilm yölini tanlagan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida keyingi yildan boşlab, magistratura va doktorantura bosqiçlari uçun Prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobar oşiriladi, oliy öquv yurtlariga qabul qilişda ehtiyojmand oilalar qizlari uçun grantlar soni ikki barobar köpaytiriladi, bir oilaning ikki yoki undan ortiq tölov-kontrakt asosida öqiyotgan farzandlari uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yoşlar deputatning maʼruzasini qiziqib tingladilar va özlarini qiziqtirgan savollarini berib, atrofliça javoblar oldilar. Uçraşuv yiğilişida tuman hokimligi taşkiliy nazorat guruhi rahbari Ğulomjon Duysenboyev yoşlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib öqiş va işda faol bölişga çaqirdi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶