“SALOMATLIK KUNI” TADBIRLARI AHOLINING TIBBIY SAVODXONLIGINI OŞIRDI
Koronavirus pandemiyasiga çalingan köplab fuqarolarning hayotdan bevaqt köz yumganligi yurtimiz aholisining soğliği, jismoniy yetukligi past darajada ekanligini körsatganini inobatga olib, mamlakatimiz Prezidenti 2020-yilning 30-oktyabrida “Soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş va ommmaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorini qabul qilgan edi.
Qarorda zararli odatlardan voz keçib, ommaviy sport bilan doimiy şuğullaniş, töğri ovqatlaniş tamoyillariga amal qiliş, tarkibida tuz, qand, yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklarni, non mahsulotlarini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilmaslik, soğlom turmuş tarzini kundalik hayotga aylantiriş lozimligi taʼkidlangan edi. Boisi, şu orqali har bir fuqaroda turli kasalliklarga qarşi immun tizimi paydo böladi.
Şuningdek, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, tiklaş va reabilitatsiya işlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali taşkil etiş yuzasidan tegişli sohalar masʼullariga ulkan vazifalar yuklangan edi.
Uşbu vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasida tuman Tibbiyot birlaşmasida ham köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, şu yilning 30-oktyabrida şanba – “Salomatlik kuni” munosabati bilan ötkazilgan tadbirlar bunga misol böla oladi.
Salomatlik kuni tadbirlari Tibbiyot birlaşmasi maʼmuriy binosi oldidagi maydonçada gimnastika va faol yuriş maşqlari bilan boşlandi. Birlaşmada mehnat qiladigan turli yoşdagi xodimlarning gimnastika maşqlarini bajarişlari, faol yurişi deyarli qiyinçilik tuğdirmadi. Negaki tibbiyot xodimlari jismoniy faollik samaralarini çuqur his qilişadi va hayotda soğlom yaşaşga intilişadi.
Şundan söng tibbiyot xodimlari tajribali şifokor va patronaj hamşiralar uçta guruhga bölinib, soğlom yaşaş tamoyillarini amaliy usulda namoyiş qilib berdilar.
Birinçi – soğlom ovqatlaniş guruhi aʼzolari Manğit şahridagi “Afröza” kafesida Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiğini maʼsullari va faollariga soğlom ovqlaniş qoidalari, töğri ovqatlaniş tuşunçasi haqida maʼlumotlar berdilar. Bir kunda bir odam yoşi, jinsi, mehnat faoliyati turidan kelib çiqib, isteʼmol qilişi mumkin bölgan oziq-ovqat miqdori va sarflanadigan energiya mosligi haqida körgazmali ravişda tuşuntirildi.
Ikkinçi guruh aʼzolari esa mahalla hududidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasida mahalla aholisi iştirokida “Otam, onam va men – sportçi!” şiori ostida sport musobaqalarini ötkazişdi.
Uçinçi guruh aʼzolari Navoiy nomli mahalla masʼullari va faollari iştirokida mahalladagi xonadonlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinişini közdan keçirdilar. Oilada har kimning şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöl yuviş tartibi, oşxonani ozod saqlaş qoidalari aholiga körgazmali ravişda tuşuntirildi.
Salomatlik kuni tadbirlari davomida aholi özlariga zarur köpgina tibbiy bilimlarga ega böldilar.
Hayotda odamning baxtiyor va emin-erkin yaşaşi köp jihatdan uning salomatligiga boğliq. Jismoniy faollik – soğlom böliş şartlaridan biri ekanligi Salomatlik kunida keng tarğib qilindi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶